Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida odamlar 1 sutkada 16 soatgaça elektr energiyasidan mosuvo holda yaşaşga majbur bölmoqda. Bu haqda mazkur tumanda çiroq öçirilişi masalasida monitoring olib borgan Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Ob-havoning keskin sovib ketişi sababli iste'molçilarning elektr energiyaga bölgan ehtiyojlari kundan-kun ortib bormoqda. Xususan, Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi joylarda elektr energiyasi va undagi uzilişlar yuzasidan monitoring işlarini olib bormoqda.
Örganişlar davomida Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida haqiqatda 12-16 soatgaça elektr tarmoqdan rejasiz uziliş holatlari kuzatildi. Natijada aholi tomonidan haqli e'tiroz va noroziliklar köpaymoqda», deyiladi xabarda.




Qayd etilişiça, Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi iste'molçilarni haq huquqlari buziliş holatlarini yuzaga keltirgan «Hududiy elektr tarmoqlari» böyiça sudga da'vo arizalarini kiritib bormoqda.








