IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bundan xabar topgan Mirolim B. o‘zining yaqin qarindoshlarini yordamga chaqirgani uchun hodisa joyiga yetib kelgan otasi, 57 yoshli Mahmud M., akasi 27 yoshli Mirjalol B., va pochchasi 35 yoshli Jamshid M. ushbu janjalning oldini olib, bartaraf qilmoqchi bo‘lganida, Husniddin R., Ruhiddin R., Ozodbek R. va boshqalar bir guruh bo‘lib, sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarib yaqin qarindoshi bo‘lgan Mirolim B.ni himoya qilib, janjalning oldini olmoqchi bo‘lgan fuqaro Mahmud M., uning o‘g‘illari Mirjalol B., Mirolim B. va Jamshid M.ning turli joylariga qasddan urib, turli darajada tan jarohatlar yetkazgan.
Oqibatda Mahmud M., Mirjalol B., Mirolim B. va Jamshid M. turli darajadagi tan jarohatlari bilan Koson tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Husniddin R., Ozodbek R. va Ruhiddin R.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 104-moddasi 2-qismi “b, k, l” bandlari bilan ayblov e'lon qilinib, Husniddin R., Ozodbek R.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi, fuqaro Ruhiddin R.ga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, fuqaro Mahmud M. olgan tan jarohati tufayli joriy yilning 11 dekabr kuni shifoxonada vafot etgan.
Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b, k, l” bandlaridan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Tergov departamenti ma'lumotida.











