Kun.uz'ning prokuraturadagi manbasi Jizzax şahri Şarof Raşidov köçasiga manzarali daraxtlar va mavsumiy gullar ekiş uçun tanlovda ğolib bölgan «My Flower» MÇJning ta'sisçilaridan biri Soliyeva Nargiza Ergaşevna Jizzax viloyati hokimi Soliyev Ergaş Alibekoviçning qizi ekanligi tasdiqladi.
Oldinroq Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi 2020 yil noyabr oyida Jizzax şahri köçalarini körkam qiyofaga keltiriş va obodonlaştiriş maqsadida Şarof Raşidov köçasiga manzarali daraxtlar va mavsumiy gullar ekiş uçun buyurtmaçilarni tanlab oliş maqsadida tanlov e'lon qilgani, qariyb 1 milliard sömlik davlat buyurtmasini «My Flower» MÇJ yutgani ma'lum bölgandi. Bu korxona 1,069 milliard sömlik Jizzax köçalariga gullar ekiş böyiça boşqa bir tanlovni ham yutgan.
Bu işlar uçun mablağ viloyat hokimi Ergaş Soliyev farmoyişi bilan mahalliy budjetning oşirib bajarilgan qismidan ajratilgan.
Ma'lumot uçun, «My Flower» MÇJning 50,8 foiz uluşiga Soliyeva Nargiza Ergaşevna, 49,2 foiziga esa Xolmöminov Zohidjon Xolmurod öğli egalik qiladi.
Kun.uz muxbiri Nargiza Soliyevaning turmuş örtoği bilan telefon orqali suhbatlaşdi. U rafiqasi Nargiza Soliyeva çindan Jizzax viloyati hokimi Soliyev Ergaş Alibekoviçning qizi ekanini, holat yuzasidan intervyu berişga ham tayyorligini ma'lum qildi.
Oldinroq Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ham uşbu holat yuzasidan sörov yuborganini ma'lum qilgandi.













