«Global Insurance Group» MÇJ Respublikamizning suğurta xizmatlari bozorida jadal rivojlanib borayotgan suğurta kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya doimo zamon bilan hamnafas bölgan holda bugungi kunda rivojlanişning yangi bosqiçiga ötmoqda va sizning e'tiboringizga özining yangi savdo belgisi – «Pangolin»ni taqdim etadi.

«Global Insurance Group» Özbekiston Respublikasidagi birinçi xususiy suğurta kompaniyasi sanaladi. Turli xildagi suğurta klasslari böyiça litsenziyaga ega va 50 dan ortiq suğurta xizmatlarini taklif etadi.
Respublikaning yirik tijorat banklari va kompaniyalar, jumladan, ÖzR TIF Milliy banki, «Asaka» DATB, «Davrbank» XATB, «Uz Auto TRAILER» MÇJ, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MÇJ QK va boşqalar kompaniyaning yaqin hamkorlari hisoblanadi.

«Global Insurance Group» MÇJ suğurta kompaniyasining boş direktori – Saydaliyev Bobur Baxodiroviç qayd etişiça:
«10 yildan ortiq vaqt davomida suğurta xizmatlarini taqdim etib kelamiz, uşbu bozorni va iste'molçilar ehtiyojini yaxşi bilamiz.
Biz mijozlarimiz manfaatini himoya bilan maksimal darajada ta'minlaşga harakat qilamiz. Şu sababli, yangi «Pangolin Insurance» brendini yangi imkoniyatlar bilan bozorga kirib kelayotgani haqida mamnuniyat ila ma'lum qilamiz.

Nima uçun Pangolin? Tabiatda kamdan-kam uçraydigan pangolin hayvoni himoya va xavfsizlikni anglatadi. Xavf-xatar paydo bölganida, pangolin darhol zirhlari bilan özini himoya qilib, şardek dumaloq bölib oladi. Bu suğurta kompaniyasi uçun ajoyib allegoriyadir.
Yangi brend falsafasi xizmat körsatişning mutlaq mukammalligini izlaş, har bir detalga e'tibor va hamkorlarga moliyaviy kafolatdan iborat.
Işonamizki, Pangolin mamlakatimiz suğurta bozorida özining munosib örnini topadi».







