«Köngil közi» Yangi yil xayriya aksiyasi doirasida uç mingdan ortiq közi ojiz va zaif köruvçi bolalar tibbiy körikdan ötişadi.
«Bizning tomonimizdan tekşiruv natijasiga köra körişni yaxşilaş imkoni mavjudligi aniqlangan har bir bolaga yordam körsatiladi», deya öz telegram kanalida ta'kidladi Saida Mirziyoyeva.
Ma'lumot uçun: «Köngil közi» xayriya aksiyasi 2019 yilning mart oyida öz faoliyatini boşlagan. U közi ojiz va zaif köruvçi bolalar ta'limi, ularning ma'naviy va ruhiy rivojlanişi uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, kelgusi hayotga va jamiyatga moslaşişi uçun yönaltirilgan.
Loyiha doirasida brayl şriftida darslik naşr etiş yölga qöyildi, közi ojiz va zaif köruvçi bolalar ehtiyojlariga ixtisoslaştirilgan kompyuter markazi yaratildi, barça maktab-internatlarning texnik bazasi rivojlantirildi va qöyilgan maqsadga erişiş uçun boşqa kiçik loyihalar amalga oşirildi.











