26 dekabr kuni Yoşlar press klubi binosida özbekistonlik yoş şoirlar tanlovi – «Duel» loyihasining yarimfinal va final bosqiçi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Loyihaning uşbu bosqiçida saralaş va çorakfinalda raqiblaridan ustun kelgan 4 nafar yoş şoir: Gulhayo Anorova, Feruza Xayrullayeva, Suhrob Ziyo va Jontemir Toştemirov bellaşgan.
«Ikkinçi bor ötkazilgan bu loyihada 30 yoşgaça bölgan va maxsus komissiya a'zolari saralab olgan 16 nafar iste'dodli ijodkor qatnaşdi. Ularning ijodiy işlarini esa taniqli ijodkorlar: Aziz Said va Eşqobil Şukur baholab bordi.
Rosti, «Duel»ni boşlayotganimizda unga muxlis yiğa olarmikanmiz, qiziqiş qanday bölarkin, degan xavotirlar ham bor edi.
Keça çin şe'riyat uçun, azaldan adabiy didi baland bölgan, ammo örtadagi böşliq tufayli buni biroz unutgan odamlarimiz uçun quvondim. Öquvçi soğingan adabiyot, şe'riyat yangilanib, yaşarib qaytayotganini qaysidir ma'noda isbotlay oldik.
Zörlar yuzaga çiqsa, xuşomadni emas, adolatni tanlasakkina, davlat, jamiyat, şaxs ölaroq ösişimiz, unişimiz mumkinligini tobora anglab boryapman», – deydi loyiha taşkilotçisi – «Yoş ijodkorlar» kengaşi raisi Mehrinoz Abbosova.
Ötkazilgan yarimfinal bahsidan keyin Feruza Xayrullayeva va Jontemir Toştemirov «Duel»ning final bosqiçiga yöl olgan. Ularning özaro bellaşuvida esa Jontemir Toştemirov ğolib deb topilgan.
Loyiha yakunida iştirokçi va ğolib ijodkorlar Özbekiston Yoşlar ittifoqi va «Yoşlik» adabiy jurnali tahririyati tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovğalari bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid
Kengaş raisiga köra, şu kabi tanlovlar kelgusida nosirlar, rassomlar, fotograf va tarjimonlar örtasida ham davom ettiriladi.
Quyida yarimfinal va final bosqiçida öqilgan şe'rlardan namunalar bilan tanişişingiz mumkin.
Suhrob Ziyo:
Ötiş yallasi
Mardlar qadri bunça xor ötar,
Boşi uzra çilvir dor ötar.
Yotga yalov bölgan bezotlar
Qilmişidan nolib or ötar.
Yallo qilar hayosiz zoğlar,
Közlarini yumib sor ötar.
Işonçlari qartaygan avlod
Dillaridan Biru Bor ötar.
Şamol olib ötar xaslarni,
Şarob olib ötar mastlarni,
E'tiqodi mayib kaslarning
Közlariga olam tor ötar.
Har lahza bir mozor ötadi,
Har lahza ming bahor ötadi,
Men ötaman kuyib, kuyinib,
Bir sohir söz nigor ötadi,
Qöşiq ötar böğizni örtab,
Simi kuygan setor ötadi.
Kim kimdandir bezor ötadi,
Kim kimgadir intizor ötar.
Vujudimni sitib jon ötar,
Izlarimni quvib şon ötar,
Iztiroblar quyuqlaştirgan
Tomirimda qizil qon ötar.
Bu jonimga omonlik tilab
Boşimda bir mehribon ötar...
Ha, menman. Özanin bilmagan mavjman -
Ketmoqqa imkon yöq, qaytmoqqa hojat.
Senmiding közlarim qirğoqlaridan
Qaçondir sirğalib ketgan munojot.
Daraxt yaproqlardan qaytmiş sönggi bor...
Feruza Xayrullayeva:
Brodvey xayollari
Brodvey, sayr.
Zaminga nur kömilgan palla.
Musiqa, musiqa sehri
Va közlaringga kirib bormagan sevgi...
Olamon, olamon aro yakkalik,
Meni olib ketar erkning istagi-
Velik.
Ğirromlik qilar u ham taqdir singari-
Yiqilib tuşaman! Heç kim körmaydi-
Ba'zan yolğizlik ham bayram!
Musiqa taralar yana
Bu gal baralla.
Daraxt şoxlarida turgan quşlar-
notalar.
Tabiat kuy çalar!
Bir dam tutib ketar fazoni
Yuzlab notalarning parvozi...
Brodvey. Bunda san'at topilar,
Bunda san'at sotilar,
Ba'zan odamlar ehson qilib ötişar
Didlari kabi mayda çaqalarini.
Bunda çiroqlar
yoritmoqçi bölar
Qoraygan kunni.
Daraxtning şoxlari titrar
tekkanida şamolning labi.
Men esa xayolçan qahva içaman,
Aççiq qahva,
xuddi hijroning kabi!
Men kezib yuraman
tovuşlar aro
Soğinçning körinmas pardalarida.
Közlaringdan to men qadar
çözilgan masofa
tobora olislaşib borar
kapalakning qanotlarida.
Qahva tugar,
nur ham yöqolar,
Musiqaçin haydab solar tun.
(Oğriqlarga töladi içim)
Men ketaman, Brodvey qolar
Faqat ortimdan ergaşar
Qoşlaringdek quyuq
soğinçing...
Jontemir
«JÖRAM»
Bobo… Yöq. Bu söz ğaliz!
Döst. Örtoq. Jöra…
Ha, ha, axir, sen eng yaqin jöram eding-ku!
Tepakal jöram-a…
Soqolli jöram…
Jöralar esa bir-birlarini sizlaşmaydi.
Qara,
Xuddi senga öxşab ösdim —
Ğirt daydi.
Na makonim bor
Na manzil tayin,
Diydam toş qotganu
Yuragim mayin.
Bilasanmi,
Xudoga yaqinlaşyapman
Seni öylagan sayin…
Boringda berkitib çekardim,
Endi… Endi erkinman!
Yetar şunça erkalatganing,
Heç yöq
Tuşlarimdan berkinma.
Aytganingdek
Kalapöşingdan tor ekan dunyo,
Çoponing baridek keng ekan dunyo.
Bir çaqaga arzimas, goho
Ming tilloga teng ekan dunyo.
Men buni keç angladim,
Bilsamda parvo qilmasdimmi yo?!
Ketganingdan beri:
Maysalar sir aytmay qöyişdi menga,
Suhbatiga qöşmaydigan böldi daraxtlar.
Yon-verimda qora-qizğiş kiyingan
Şarpalar yuribdi huşni karaxtlab.
Ortiq yozolmasam kerak
Qörqaman.
Yozsamda almoyi-jalmoyi çiqar.
Anglaganim meni söz tuqqan,
Tiqsa ham öşa söz tuproqqa tiqar.
Tepakal jöram-a…
Soqolli jöram…
Kelajak kunlarim — mahbuslarga boq,
Kuldonga bosilgan afsuslarga boq…
Nafsini qul etgan Maşrabim, Töram!
Tepakal jöram-a…
Soqolli jöram…
Şişa siniğidek botar böğzimga,
Sensiz yutilyotgan bir burda oq non.
Xayolimda jannat — boğ, zimdan
Meni kuzatyapsan qölingda qoq non.