2011 yilgi namunadagi biometrik pasportlarni ID-kartalarga almaştiriş jarayoni 2021 yil 4 yanvardan boşlanadi. Buning uçun barça texnik imkoniyatlar şay holatga keltirilgan. ID-kartalarning öziga xos tomoni şundaki, uni ota-ona xohişiga köra, yangi tuğilgan çaqaloqlarga ham oliş mumkin.

Yangi tartibning eng muhim qismlaridan yana biri şuki, fuqaro öz ID-kartasini oliş yoki almaştiriş yuzasidan öz vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yöqotib qöygan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi.

ID-kartalar bilan boğliq ayrim savollar bilan Toşkent şahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi bölim boşliği, podpolkovnik Sanjar Qosimovga murojaat qildik.

Sanjar Qosimov
Toşkent ŞIIBB MvaFRB bölim boşliği, podpolkovnik

«2021 yil yanvaridan Özbekistonda mavjud biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida fuqarolarning şaxsini aniqlaş imkonini beruvçi identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylaştiriş va beriş tizimi joriy etilmoqda. Ta'kidlaş örinliki, IKAO taşkiloti talab va me'yorlariga muvofiq, ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma'lumotlar körsatilmaydi. Bu haqdagi ma'lumot ID-kartaning çipiga kiritiladi.

ID-kartalari zarur hujjatlar va ma'lumotlar qabul qilib olingandan söng 1 iş kuni mobaynida rasmiylaştirib beriladi.

ID-kartalar ikki bosqiçda beriladi. 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgaça davom etadigan 1-bosqiçda ixtiyoriylik asosida 16 yoşga tölganda hamda qonunçilikda közda tutilgan boşqa sabablarga köra ID-kartalar beriladi.

2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabr oraliğida ID-kartalar fuqarolarga majburiy tartibda almaştiriladi. Özbekiston fuqarosining 2011 yil namunadagi biometrik pasporti 2031 yil 1 yanvardan boşlab haqiqiy emas, deb hisoblanadi».

Kozim Oripov
Uçtepa tuman IIB MvaFRB boşliği, podpolkovnik

Uçtepa tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi boşliği, podpolkovnik Kozim Oripov fuqarolarga murojaat qilib, yangi yilning ilk kunlaridan barça yoppasiga yangi ID-karta oliş uçun murojaat qiliş maqsadga muvofiq bölmasligini, odamlarning birdaniga bir joyda töplanişi karantin qoidalariga ham zid ekanligini eslatib ötdi.