AQŞ öz kuçini namoyiş etiş maqsadida Yaqin Şarqda B-52 strategik bombardimonçi samolyotlarini joylaştirdi. Bu haqda AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi (SeNTKOM) ma'lum qildi.  

Qömondonlik bayonotida aytilişiça, gap Maynot bazasidan (Şimoliy Dakota ştati) Yaqin Şarqqa yetib kelgan ikkita B-52 bombardimonçi samolyoti haqida bormoqda.

 “Bu sönggi 45 kun içida Amerikaning mintaqaga joylaştirilgan uçinçi oğir bombardimonçi samolyoti hisoblanadi”, deyiladi bayonotda.

 SeNTKOMning bildirişiça, AQŞ bu bilan "mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlaşdagi harbiy salohiyatini körsatiş"ni maqsad qilgan.

 Yaqin Şarqda strategik bombardimonçi samolyotlarning joylaştirilişi "amerikaliklar yoki Amerika manfaatlariga zarar yetkazişga urinmoqçi bölgan barçaga ogohlantiruvçi belgi hisoblanadi", deyiladi bayonotda.

 SeNTKOM rahbari general Frenk Makkenzining ta'kidlaşiça, Qöşma Ştatlar Yaqin Şarqda amerikalik fuqarolar yoki mamlakat manfaatlariga qarşi qaratilgan "har qanday tajovuzga javob berişga tayyor".