«Barça OTMlar tomonidan öquv jarayonini an'anaviy tarzda boşlaş böyiça grafik işlab çiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barça OTMlarning tegişli kurslarida öquv jarayoni an'anaviy şaklda boşlanadi.

Ayrim kasal talabalar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning öqişlari onlayn şaklda davom ettirilişi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning şaroitlarini örganib çiqadi. Barça imkoniyatlari mavjud bölgan talabalar an'anaviy ta'limga töliq jalb etiladi», deya vazirlik vakilining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda ta'lim jarayonini taşkil etişda haftalik öquv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanişi ma'lum qilindi.

«Haftalik öquv kunlari öquv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda öquv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib çiqadigan bölsak, haftalik öquv kuni 5-6 kunga töğri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oşib ketmasligi lozim», degan vazirlik vakili.

  • Ma'lumot uçun, 2020 yil 16 noyabrdan Özbekistonda oliy ta'lim muassasalarida öquv jarayonlari an'anaviy şaklda tiklana boşlagan, faqat birinçi va bitiruvçi bosqiç talabalari an'anaviy darslarga çaqirilgandi. Şu bilan birga, talabalarning özi an'anaviy yoki onlayn ta'lim şaklini tanlaşi mumkin edi. Endilikda an'anaviy darslar barça bosqiç talabalariga taalluqli hisoblanadi.