AQŞda koronavirus çeklovlari sababli saylangan prezidentning Oq uyga kelişi marosimi örniga virtual parad ötkaziladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, paradning virtual versiyasi televideniye orqali translatsiya qilinadi. Taşkilotçilarning aytişlariça, parad qatnaşçilari ijtimoiy masofaga rioya qilişi ta'minlanadi.

Şuningdek, xabar qilinişiça, Bayden Kapitoliyda qasamyod qabul qilganidan söng uni barça turdagi qöşinlar harbiylaridan iborat prezident eskorti Oq uyga kuzatib boradi.

Inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni bölib ötadi.

Amaldagi prezident Donald Tramp Baydenning inauguratsiya marosimida qatnaşmaydi. U Floridada miting ötkazişni rejalaştirgan.