Çiroyli avtoraqamlar onlayn-auksioni ötkaziladigan avtoraqam.uzex.uz saytida bugun Samarqand viloyatiga tegişli 30 O 010 OO avtoraqami 250 million 875 ming sömga sotildi. Mazkur avtoraqamga 66 million 900 ming söm boşlanğiç narx belgilangan edi. Xaridorlar uning narxini 4 barobar oşirib yuborişdi. Uni sotib olgan xaridor vositaçilik yiğimi uçun qariyb 10 million söm tölaydi.
Bundan ikki kun avval, 4 yanvar kuni ötkazilgan savdolardan birida Samarqand viloyatiga tegişli bölgan 30 Z 777 ZZ avtoraqami rekord narxda sotilgan edi. Öşa kuni xaridorlardan biri mazkur avtoraqamni 596 million 525 ming sömga sotib oldi. Qayd etilişiça, mazkur avtoraqamning boşlanğiç narxi 111 million 500 ming söm bölgan. Savdo jarayonida xaridorlar tomonidan uning narxi 100 martadan oşiqroq kötarilgan. Mazkur savdoda qayd etilgan narx mamlakatimizda savdoga çiqarilgan avtoraqamlar orasida qayd etilgan avvalgi rekordni yangiladi.

Avtoraqamlarning ilk onlayn-auksioni 2017 yil 14 sentyabr kuni ötkazilgan va öşanda soat 15:24 da Jizzax viloyatida yaşovçi şaxs 7.563.637,5 söm (öşa paytdagi kursda 934 dollar bölgan) ga 25 E 070 EA raqamini xarid qilgan.
Keyinçalik xaridorlar avtoraqamlarni ança baland narxlarda sotib ola boşlaşdi. 4 yanvargaça onlayn-auksionda sotilgan eng qimmat raqam — 30 777 AAA hisoblanar edi. 2017 yilning 1 noyabr kuni Samarqandda istiqomat qiluvçi tadbirkor uni 287 million sömga (öşa paytdagi kurs böyiça 35.500 dollar bölgan) sotib olgan. Öşanda mazkur avtoraqamning boşlanğiç bahosi 14.977.500 söm (öşa paytdagi kurs böyiça 1 873 dollar bölgan) edi va auksion savdo jarayonlarida narx 20 barobarga ösgan.
Bugun 250 million 875 ming sömga sotilgan avtoraqam Özbekistonda sotilgan avtoraqamlar orasida narx borasida uçinçi örinni egallaydi. Undan yuqori narxga baholangan ikkita avtoraqam ham Samarqand viloyatiga tegişli hisoblanadi.












