Tanlov va tenderlar ötkazişdagi oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaş maqsadida joriy yildan boşlab, tenderlar töliq elektron şaklda ötkaziladi. Bu haqda Moliya vazirining örinbosari Odilbek Isoqov Xalqaro press-klub sessiyasida ma'lumot bergan.

Odilbek Isoqovga köra, davlat taşkilotlari xarajat va daromadlaridagi oçiqlikni ta'minlaş maqsadida yangi tahrirdagi «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun loyihasi tayyorlanib, muhokama uçun parlamentga  yuborildi. Endilikda korporativ buyurtmaçilarning xaridlarini ham oçiq axborot portaliga joylaştirib boriş reja qilinyapti.

2020 yil 29 dekabrdagi Prezident Şavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatnomasida davlat xaridlarida atigi 4 foiz tadbirkor qatnaşayotgani, kelgusi yilda 24ta yirik davlat korxonasiga davlat xaridi böyiça oçiq-oşkora talablar joriy etilişi ma'lum qilingandi.

2021 yilda ilk taşkil etilgan yalpi majlisda ham Senat raisi davlat xaridlari sohasidagi korrupsion holatlar va şu kabi muhim masalalarda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining faoliyatini tanqid qilgan, parlamentda agentlikning hisobotini doimiy tarzda eşitib boriş tizimini yölga qöyişni taklif etgandi.

Yangi tahrirdagi «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun loyihasi 8 oktyabr kuni parlamentga kiritilgan. Moliya vazirligi boşqarma boşliği Gulnora Rahimova esa qonun loyihasida nazarda tutilgan özgarişlar va yangiliklar haqida Kun.uz'ga gapirib bergandi.