«Murojaatnomada Davlat xaridlari sohasini takomillaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Bu ham bevosita Budjet qömitasi faoliyatiga taalluqlidir.

Ötgan yili davlat xaridlarini amalga oşirişda oçiqlik va şaffoflik ta’minlanişi ortidan amaliyotdagi köplab muammolar, xato va kamçiliklar ma’lum böldi. Bu hol jamoatçilik örtasida, jumladan OAVda keng muhokamalarga, noroziliklarga ham sabab böldi.

Şundan kelib çiqib, joriy yilda bu borada parlament nazoratini kuçaytiriş, xususan, quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qiliş lozim. Avvalo, davlat xaridlari ustidan nazoratni olib borişda jamoatçilik bilan hamkorlikda işlaş, uning fikrini inobatga oliş mexanizmlarini joriy qiliş kerak.

Davlat xaridlari jarayonidagi manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş va ularning oldini oliş mexanizmlarini kuçaytiriş, qolaversa, aniqlangan har bitta holat yuzasidan mas’ullarga sörov yuboriş, ularning izohini eşitiş, kerak bölsa, ular faoliyatiga qat’iy qonuniy baho beriş çoralarini köriş talab etiladi», — deya Tanzila Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Senat raisi davlat xaridlari sohasidagi korrupsion holatlar va şu kabi muhim masalalarda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining faoliyatini tanqid qildi hamda parlamentda agentlikning hisobotini doimiy tarzda eşitib boriş tizimini yölga qöyişni taklif etdi.

«Şu örinda e’tiboringizni bir jihatga qaratib ötmoqçi edim. Bu kabi dolzarb masalalar yuzasidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan özaro hamkorlikni kuçaytiriş muhim. Davlat rahbari tomonidan agentlikka keng vakolatlar berildi, korrupsiyaga qarşi kuraşişda asosiy vakolatli organga aylantirildi.

Ammo ötgan davr mobaynida agentlik faoliyatida parlament, şu jumladan Senat bilan yoki bevosita Sud-huquq va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitamiz bilan hamkorligi deyarli kuzatilmadi va bu yönalişda taşabbuskorlik ham sezilmadi.

Şundan kelib çiqib, tegişli qömitalar Aksilkorrupsiya agentligi bilan özaro hamkorlikni kuçaytirişi, murojaatnomada keltirilgan öta dolzarb masalalar böyiça agentlikning hisobotini doimiy tarzda eşitib boriş tizimini yölga qöyiş yaxşi samara beradi», — deydi u.

Eslatib ötamiz, Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga murojaatida bundan buyon barça davlat xaridlari jamoatçilik va parlament nazoratida bölişini ta’kidlagan edi.