Qirğiziston prezidenti saylovlarining 1-bosqiçida Sadir Japarov 96,65 foiz saylov uçastkalaridan olingan natijalar hisob-kitob qilingandan keyin 79,25 foiz ovoz bilan ğalaba qozonmoqda.
Markaziy saylov komissiyasining oxirgi ma'lumotlariga köra, 2-örinni Adaxan Madumarov 6,56 foiz ovoz bilan egallamoqda.
Saylovlar natijalarini rasman 2 haftadan keyin e'lon qiliş rejalaştirilgan. Ammo hozirdayoq Japarov Qirğiziston tarixidagi eng yoş prezidentga aylanişi mumkinligi ayon bölmoqda. Japarov hozirda 52 yoşda bölib, siyosiy faoliyatini 2005 yilda boşlagan.
Japarov respublikaning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2020 yil oktyabrdagi voqealar oqibatida iste'foga ketgandan keyin uning örnini egallagandi. Biroq u prezident saylovlarida iştirok etiş uçun davlat rahbari vakolatlarini vaqtinça parlament spikeri Talant Mamitovga topşirgandi.
Respublikada prezident saylovlari bilan bir vaqtda mamlakatdagi boşqaruv şakli böyiça referendum ham bölib ötgan. Dastlabki natijalarga köra, Qirğizistonning aksariyat aholisi boşqaruvning prezident şakliga ovoz bergan. Buni ham Japarovning ğalabasi deb aytiş mumkin, çunki u aynan şunday boşqaruvni qöllab-quvvatlagandi.
Qirğizistondagi saylovlar va referendum birinçi marta juda past davomat bilan ötdi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, saylovçilarning davomati 38,63 foizni taşkil qilgan. 2017 yilda ötgan prezident saylovlarida davomat 56 foizdan sal kamroqni taşkil qilgandi.
Mahalliy ekspertlar bunday past körsatkiçni aholining mamlakatdagi siyosiy beqarorlikdan çarçagani va içki migratsiyaning yuqoriligi bilan tuşuntirişmoqda. Qişloq aholisining şaharga pul topiş uçun ketgan aksariyat qismi ovoz beriş uçun röyxatdan ötgan joyiga qaytişni istamagan.








