Tolimarjon va Farğona yöli köçalari kesişmasida olib borilayotgan yöl ta'mirlaş işlari sababli 31 yanvarga qadar quyidagi harakatlaniş yönalişlari yopiq böladi:
- Sayxun köçasidan Farğona yöli köçasiga töğri çiqiş yöli;
- Farğona yöli köçasidan Sayxun köçasiga töğri tuşiş yöli;
- Tolimarjon köçasidan Farğona yöli köçasiga buriliş — «Özelektroapparat» zavodidan «Farğona» dehqon bozori yönalişda;
- «Islom ota» masjididan «Özbek qoğozi» OAJ yönalişdagi dublyor yöli.
Mazkur yöl qismida yöl ta'mirlaş işlari jarayonida transport oqimini taqsimlaş uçun Sayxun va Farğona yöli köçalari oraliğidagi qaytiş yöl böylab ikki tomonlama harakatlaniş oçiladi.


«Tirbandliklarning oldini oliş uçun haydovçilarga aylanma yöllar orqali harakatlanişni tavsiya etamiz. Noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi xabarda.










