«Bu bizning Tramp». Qirğiziston Sadir Japarovni sayladi va unga keng vakolatlar berdi
|04:04 / 13.01.202175 50011 min
Qirğizistonning yangi, hisob böyiça oltinçi prezidenti 52 yoşli Sadir Japarov böldi. U ötgan yil oktyabrida röy bergan namoyişlardan keyin ötkazilişi belgilangan muddatidan oldingi prezidentlik saylovlarida ğolib çiqdi.
Foto: AFPFoto: AFP
Yakşanba kuni qirğizistonlik saylovçilar referendumda boşqaruvning prezidentlik şakli uçun ham ovoz berişdi - bu variantni saylovda qatnaşganlarning 81 foizi qöllab-quvvatlaşgan.
Namoyişlar vaqtida öz tarafdorlari tomonidan koloniyadan ozod qilingan Japarov (u davlat mulozimini garovga oliş işi böyiça işda ayblanib 11,5 yilga qamalgan) kutilmaganda avvaliga namoyişlar yetakçisiga aylandi, keyin boş vazir va prezident vazifasini bajaruvçi böldi.
Tahlilçilar u saylovlarda ğalaba qozonişiga şubha qilişmayotgandi, sörovnomalar Japarov yaqqol favorit ekanini körsatgan, uning yaqin tarafdorlari amaldagi hukumatda muhim lavozimlarni egallaşgandi.
Vaşingtondagi milliy mudofaa universiteti tahlilçisi, professor Erika Maratning fikriça, 10 yanvar kungi saylovlarni legitim deb ataş qiyin, bundan taşqari, saylovlarni ötkaziş töğrisida qaror qabul qilinganidan beri atigi ikki oy ötgan.
«Bu muddatidan oldingi saylovlar bölgani va saylovlarning tayinlanişi protsessual jihatdan Konstitutsiya yoki qonunlarga töğri kelmasligini hisobga olsak, buni şunçaki Japarov va uning tarafdorlari tomonidan uning prezidentligini qonuniylaştirişga bölgan urinişning davomi deyiş mumkin», deb hisoblaydi u.
Japarov - qirğizlarning Trampimi?
Japarovning maşhurlaşişi va birdaniga hokimiyat tepasiga kelişi (u qamoqdan çiqişidan beş kun ötib boş vazir kursisini egalladi) köpçilik uçun syurpriz böldi, ammo uning jamoasidagilar uçun emas.
Tarafdorlari Japarovni köp adolatsizliklarni boşdan keçirgan siyosatçi sifatida gavdalantirişdi. Qamoqda ötgan uç yil mobaynida Japarov çindan ham jiddiy sinovlarga duç keldi: avvaliga uni muvaffaqiyatsiz çiqqan suiqasddan keyin qonga belangan holda topişdi, keyin u qamoqdaligida otasi, onasi va öğli vafot etdi.
Bundan taşqari, tarafdorlari u mamlakatdagi yirik «Qumtor» oltin konini milliylaştiriş talabini qöygani uçun siyosiy ta'qibga uçraganini ta'kidlaşadi. Qamoqxonadan yöllagan videomurojaatlarida u keskin mavzularda gapirar va amaldagi hukumatni oçiqçasiga tanqid qilardi. Natijada, uning hukumat tomonidan ezilgan jafokaş qiyofasi yanada mustahkamlandi.
Japarovning tarafdorlari uni qöllab-quvvatlaş uçun ötkazilgan mitingda / AFP
Mavzuga oid
«Birin-ketin xatolarga yöl qöygan prezident va hukumat bilan taqqoslanganda qamoq kamerasi uning uçun öziga xos kapsula vazifasini ötadi va bu vaziyatda u yutuqli pozitsiyada edi», deya qayd etadi siyosiy şarhlovçi Azim Azimov.
U ham boşqa ekspertlar kabi, Japarovning muvaffaqiyati fenomenini faqat Qirğiziston uçun xos bölgan holat emas, balki hokimiyat institutlaridan hafsalasi pir bölgan saylovçilar tomonidan kutilmagan tanlov amalga oşirilayotgan, butun dunyoda kuzatilayotgan trend deb hisoblaydi.
«Kimlardir hokimiyatning barça institutlari muvaffaqiyatsizlikka uçradi deb taxmin qiladi, prezident böliş esa qiyin bölmay qoldi. Buni istalgan odam qilişi mumkin, masalan, komik yoki tok-şou boşlovçisi yoki mahbus. Asosiysi, yaxşi yigit bölsin», - deya izohlaydi Azimov.
Ilğor doiralarda Japarovni AQŞning lavozimdan ketayotgan prezidenti Donald Tramp bilan taqqoslaşmoqda, ayniqsa ötgan haftada uning tarafdorlari Kapitoliyni qamal qilişidan keyin. Professor Erika Marat ham bu hodisalar örtasidagi öxşaşliklarni keltirgan.
«Bir neça kun muqaddam AQŞda Kapitoliyni qölga olişga uriniş sodir böldi, buni populistlar va avtokratlar aholining qaşşoq va kam ta'lim körgan qatlamiga mansub bölgan tarafdorlarini manipulyatsiya qiliş orqali har qanday yöl bilan hokimiyatni saqlab qolişga urinişining yaqqol misoli sifatida köriş mumkin. AQŞda ular hibsga olinişi va qonun böyiça jazolanişi, Qirğizistonda esa butunlay boşqa ssenariy keçgani esa butunlay boşqa iş», deydi ekspert.
Şu bilan birga, Marat bunday siyosatçilarning hokimiyatga kelişida birdaniga keçagi duşman tarafiga ötgan holda lavozimini saqlab qolib, korrupsion yöllar bilan boyişda davom etuvçi nopok amaldorlarning qöli bölişini qayd etgan.
«Qirğizistonda Jeenbekovning köplab tarafdorlari bir neça kun içida Japarov tomoniga ötib ketişdi va u boş vazir bölişi uçun ovoz berişdi», deydi Erika Marat.
Japarovning islohotlariga qarşi namoyişlarda asosan yoşlar iştirok etmoqda / AFP
Albatta, Japarov siyosatda yangi nom emas. U faoliyatini 2005 yilda boşlagan, öşanda «Lola inqilobi»dan keyin ötkazilgan parlament saylovlarida mamlakat şimolidagi Tup tumanidan deputatlikka saylangan, keyin tezda sobiq prezident Kurmanbek Bakiyevga maslahatçi bölgan va korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça komissar lavozimini olgan.
2010 yildagi ommaviy namoyişlar va uning ortidan mamlakat janubida röy bergan, 2 mingdan ortiq kişi ölimiga sabab bölgan etnik nizo vaqtida Japarov, özining aytişi böyiça, tinçlikparvar missiyalarda iştirok etgan.
Panjara ortida ötirganida u köp bora «Qirğizistondagi milliy ozçilik - bu faqat kvartirantlar» ekanini aytgan. Şu tufayli özi şimollik bölsa ham Japarov mamlakat janubida ham maşhurlikka erişdi.
Qirğizistonda hokimiyat qanday almaşgan
Namoyişçilar Lola inqilobi vaqtida Askar Akayevning portretini toptaşmoqda, 2005 yil / AFP
2005 yilda - Lola inqilobi. Parlament saylovlarining rasmiy natijalaridan norozilik sifatida boşlangan namoyişlar mamlakatni 15 yilga yaqin vaqt davomida boşqarib kelgan prezident Askar Akayev lavozimdan çetlatilişi bilan yakunlanadi. Qirğizistonni Kurmanbek Bakiyev boşqara boşlaydi.
2010 yil - prezident Bakiyevga qarşi inqilob. Bişkek va mamlakatning boşqa şaharlaridagi ommaviy namoyişlar iştirokçilari prezidentni avtoritarizmda ayblaydilar va mamlakatda oğir iqtisodiy vaziyat yuzaga kelganidan noroziliklarini bildiradilar. Hokimiyatga vaqtinça hukumat kelganidan keyin referendum ötkazilib, unda yangi konstitutsiya tasdiqlanadi: Qirğiziston qisman parlament respublikasiga aylanadi, prezident vakolati muddati 6 yil etib belgilanadi, bir kişi bir muddatdan ortiq prezidentlik qilişi taqiqlanadi. Ötiş davri prezidenti Roza Otunbayeva böladi.
2011 yil - Almazbek Atamboyev prezident böladi. Şu vaqtgaça boş vazir bölgan Atamboyev prezidentlik saylovlarida ğolib çiqadi. Atamboyevni siyosiy raqiblarini qatağon qiliş va 2017 yilgi saylovlarda administrativ resurslardan foydalanişda ayblaşadi.
2017 yil - prezidentlikka Söronboy Jeenbekov saylanadi. U hokimiyatga kelganidan ikki yil vaqt ötib Atamboyev daxlsizlik huquqidan mahrum qilinadi va korrupsiyada ayblanadi. 2020 yil yozida sobiq prezident 11 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Japarovning tarafdorlari va muxoliflari
Japarov özining saylovoldi kampaniyasi vaqtida tez-tez milliy qadriyatlarga murojaat qildi, xususan konstitutsiyani qaytadan yozişni, yangi hokimiyat organi - prezident va parlamentni nazorat qiladigan xalq qurultoyi (an'anaviy parlament) tuzişni, şuningdek, asosiy qomusga xalq qadriyatlari töğrisidagi bölim kiritişni taklif etdi.
U yetakçisi bölgan «Mekençil» («Vatanparvar») partiyasi Qirğizistonning poytaxtdan boşqa hududlarida köplab tarafdorlarini orttirgan, partiya vakillarini «haqiqiy vatanparvarlar» deb ataşadi va ular uçraşuvlarga milliy liboslarda borişadi.
«U işoniş mumkin bölgan yagona siyosatçi. Qolganlar faqat öz çöntagini öylaydi. U allaqaçon öz yaqinlarini yöqotgan, unga boylik orttiriş kerakmas. U odamlarga xizmat qilişga tayyor. Migrantlarga ğamxör, men özim Rossiyada qurilişda işlayman, qiynalaman. Buning barçasi mamlakatni talagan nönoq prezidentlarimiz va deputatlarimiz tufayli. Japarov - unaqa emas», deydi 34 yoşli Mirbek.
Japarovning tarafdorlari orasida Rossiya va boşqa xorij mamlakatlarida işlovçi mehnat muhojirlari ham talaygina. Turli baholarga köra, Rossiyaning özida millionga yaqin qirğizistonlik işlaydi. Qirğiz migrantlari Turkiya, Qozoğiston, Koreya, AQŞ va dunyoning boşqa mamlakatlarida ham uçraydi. Ularning köpçiligi vatanida yaxşi iş topa olmagani uçun çetga ketişga majbur bölgan.
Bişkekdagi namoyişlar vaqtida Japarov tarafdorlari «Oxirigaça!» şiori bilan harakatlanişdi. Hukumat uyi atrofidagi namoyişlar qariyb bir hafta davom etdi, «Japarov xon bölmagunça» kuraşişni davom ettirişni va'da qilgan namoyişçilar u avvaliga parlamentariylar tomonidan boş vazirlikka saylanişiga, keyin prezident vazifasini vaqtinça bajaruvçiga aylanişiga erişişdi.
Japarovning muxoliflari esa uni «xonlik» ambitsiyalarida ayblaşadi. Ular asosan Bişkekda yaşovçi ilğor fikrli yoşlar bölib, ular avval korrupsiyaga qarşi namoyişlar ötkazişgan, keyin 5 oktyabr kungi parlament saylovlari natijalariga qarşi çiqişgan. Ular demokratik mamlakatda yaşaşni istaşlarini aytişadi, korrupsiyaga va atrof-muhit muhofazasi uçun kuraşadilar. Sönggi 10 hafta mobaynida ular konstitutsion islohotlarga qarşi aksiyalar ötkazişdi.
Ammo Japarovning konstitutsion islohotlarini yoqlovçilarning ham öz argumentlari bor. Ular parlamentarizm va partiya röyxatlari ön yil mobaynida işonçni oqlamagani, özini obrösizlantirgani, heç kim heç narsa uçun javob bermaganini aytişadi. Huquq faoli Eldor Şabdanovning aytişiça, prezidentlik boşqaruvi şaklida javobgarlik bir kişida bölişini aytib ötgan.
«Kelinglar eslaymiz, sönggi 10 yil mobaynida göyoki parlamentar respublikada yaşaganimizda bizda qanday özgarişlar böldi? Partiyalar fraksiyalar yetakçilari uçun biznesga aylandi, partiyalar röyxati yuqorisida böliş uçun yuz minglab dollarlar talab etilardi, lavozimlar fraksiyalar tomonidan bölib olindi, natijada nafaqat öz boşliqlariga, balki fraksiyalar yetakçilariga ham böysunadigan amaldorlarga ega böldik», deydi u.
2013 yil. Japarov Qamçibek Taşiyev (Milliy xavfsizlik davlat qömitasining hozirgi boşliği, çapda) va Talant Mamitov (2020 yil oktyabridan vaqtinça prezident) bilan birga sudda
Ijtimoiy tarmoqlarda Japarovning tarafdorlari va muxoliflari örtasida keskin kuraşlar keçdi, izoh yozuvçilar bir-birlarini haqoratlaşdan tiyilişmadi.
Tahlilçilarning fikriça, Japarovning tarafdorlari ijtimoiy tarmoqda axborot xuruji olib boriş uçun maxsus odamlarni yollaşgan. Xususan, Japarovni qöllab-quvvatlaş uçun feysbukda oçilgan guruhlardan birida 166 ming kişi bor (qirğiz segmentidagi eng yirik siyosiy sahifa), uning prezidentligiga va referendumga qarşi guruh esa atigi 11 ming kişidan iborat.
Markaziy Osiyo böyiça tadqiqotçi, politolog Aleksandra Filatovaning fikriça, Japarovning tarafdorlari va muxoliflari örtasidagi farqlarga qaramay, ikki toifada ham bir umumiy maqsad bor.
«Qonunga tayanayotganlar ham, qadriyatlarga rioya etişga çaqirayotganlar ham bir narsani - adolatni istaydi. Bugungi mavjud tizim esa buni ta'minlay olmaydi. Keyingi prezident qişloq hududlarda ham, şaharlarda ham taqçil bölib qolgan adolatni ta'minlay oladimi? Bu eng muhim masala va hokimiyatda qolişning kafolati böladi», deb hisoblaydi u.