Majlisda Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga, xususan, Havo kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş masalasi haqida fikr-mulohazalar tinglandi.

Transport vaziri vazifasini bajaruvçi Ilhom Mahkamov ta'kidlaşiça, qonun loyihasining asosiy maqsadi Transport vazirligi va uşbu vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi vakolatlarini aniq belgilaş, eksperimental havo kemalarini hisobga oliş tartibini örnatiş böyiça vakolatli organni aniqlaş, şuningdek, tegişli farmonlar ijrosini ta'minlaşga qaratilgan.

Mazkur loyiha eksperimental havo kemalarini hisobga oliş tartibini örnatiş böyiça vakolatli organni nazarda tutadi, şoşilinç tibbiy yordam, qutqaruv operatsiyalari, vazirliklar va idoralarning aviatsiya potensialidan huquqni muhofaza qiliş va xavfsizlik manfaatlarida foydalaniş, quruqlikdagi transport harakatini monitoring qiliş, turizm sohasi va biznes ehtiyojlarini qondiriş uçun aholi punktlari ustidan parvozlarni amalga oşiriş imkoniyatini qonuniy ravişda belgilaydi.

Deputatlar fuqaro aviatsiyasi sohasida loyihaning ahamiyati haqida fikr bildirişdi va qonun loyihasi qabul qilindi.