Transport vazirligi va «O‘zaviatsiya» agentligi vakolatlarini belgilash, eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibini o‘rnatish bo‘yicha vakolatli organni belgilash, shuningdek, aholi punktlari ustidan parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini qonuniy ravishda belgilash maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi umumiy 5ta banddan iborat. Ulardan 4tasi texnik jihatdan kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardir.
Qonun loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagilarga asoslanadi:
Birinchidan, prezidentning «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 1 fevraldagi farmoniga muvofiq, Davavianazorat inspeksiyasi «O‘zaviatsiya» agentligi etib qayta tashkil etilgani munosabati bilan aviatsiya ma'muriyati vazifalarini Transport vazirligi huzuridagi «O‘zaviatsiya» agentligi zimmasiga yuklash;
Ikkinchidan, amaldagi Eksperimental havo kemalarini davlat ro‘yxatiga olish qoidalari «Davavianazorat» inspeksiyasi buyrug‘i bilan tasdiqlangan va prezidentning 2020 yil 19 maydagi farmoniga asosan hujjatni yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat shakliga o‘tkazish uchun amaldagi Havo kodeksining 39-moddasini tegishli qo‘shimcha bilan to‘ldirish;
Uchinchidan, prezidentning 2018 yil 11 apreldagi farmoniga muvofiq, aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish (Handling) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga Lisenziya berish bo‘yicha talablar bekor qilingani munosabati bilan kodeksning 96 va 97-moddalari chiqarib tashlash;
To‘rtinchidan, kodeksning amaldagi 67-moddasining birinchi qismi aholi punktlari ustidan parvozlarni amalga oshirishni deyarli taqiqlaydi. Bu esa mamlakatning aholi punktlarida havo kemalaridan keng foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda.
Masalan, bir dvigatelli samolyot Toshkent shahri ustida parvozini kamida 1000 metrdan ortiq balandlikda amalga oshirishi lozim, sababi agar samolyot dvigateli ishdan chiqsa bu holda samolyot aholi punktidan tashqarida qo‘nishni amalga oshirishi yoki eng yaqin aerodromda qo‘nishi talab etiladi.
Bu normani vertolyot uchun umuman qo‘llab bo‘lmaydi, chunki dvigateli ishdan chiqsa u aholi punkti tashqarisiga yoki eng yaqin aerodromgacha parvozini davom ettirish imkoni amalda mavjud emas.

















