
Davlat rahbari öquv muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar va u yerda yaratilgan ta'lim infratuzilmasi obektlari, şuningdek, Qurolli Kuçlarimizning zamonaviy qurol va harbiy texnika namunalari hamda milliy mudofaa sanoati korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar bilan tanişdi.


Şundan söng Akademiyada Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni raisligida Qurolli Kuçlar va harbiy-ma'muriy sektorlar faoliyatining 2020 yil yakunlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bağişlangan Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.

Tadbirda Xavfsizlik kengaşi a'zolari, Qurolli Kuçlarning rahbar va qömondonlik tarkibi, joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.


Yiğilişda prezident tomonidan mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada oşiriş borasida amalga oşirilgan işlar, Qurolli Kuçlarni rivojlantiriş yölidagi sa'y-harakatlar va ularning natijalari batafsil sarhisob qilindi. Vazirlik va idoralar hamda joylardagi davlat hokimiyati organlarining uşbu yönalişdagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi.
Prezident tomonidan Özbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi asosida, mamlakat hayotining boşqa jabhalari bilan bir qatorda, harbiy sohaning eng muhim yönalişlari böyiça zamon talablariga mos qarorlar qabul qilinganligi, amalga oşirilgan tizimli va strategik kompleks çora-tadbirlar natijasida qisqa davr içida milliy armiyamizning jangovar şayligi va umuman mamlakatning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada oşgani ta'kidlab ötildi.











