Qayd etilishicha, mazkur sport inshootida suzish, sinxron suzish va suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari hamda aholi vakillari shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Suv havzasi shu yil sentabr oyida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Yopiq turdagi suv havzasining 1-qavatida 50x20 o‘lchamdagi basseyn, sportchilar uchun oshxona, erkaklar va ayollar uchun sartaroshxona, 2-qavatida ma'muriyat xonalari va trenajyor zali joylashadi. 3-qavatda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari uchun 40 o‘rinli yotoqxona quriladi.