Meyyerning ta'kidlaşiça, inauguratsiya oldidan kongressmenlar bronejiletlar xarid qilişga tuşib ketişgan, kun tartiblarini özgartirib, tansoqçilar bilan harakatlanişmoqda.
“Biz şunday ahvolga yetib kelganimiz juda qayğuli. Biroq kimdir bizni öldirişga urinişidan xavotirlanmoqdamiz”, deb aytgan kongressmen.
Ta'kidlanişiça, Meyyer Trampning impiçmentini qöllab-quvvatlagan 10 respublikaçidan biri bölib, u öz qarorini Tramp Vaşingtondagi tartibsizliklar uçun qisman bölsa ham aybdor ekanini tan olmagani bilan tuşuntirgan.
Avvalroq OAVda AP, Fox va NBC telekanallarining Kapitoliy yaqinidagi ofislarida oynalar va eşiklar mixlab taşlangani kadrlari paydo bölgandi. Ta'kidlanişiça, jurnalistlar Kapitoliy yonida yana tartibsizliklar boşlanişi va ular qurolli hujumlarga aylanib ketişidan xavotirlanişmoqda.
6 yanvarda Vaşingtonda Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirişgandi va tartibsizliklar uyuştirişgandi. Bayden va demokratlar vaziyatning bunday tus olişida Trampni ayblaşmoqda. Ularning ta'kidlaşiça, aynan Tramp öz tarafdorlarini bunday harakatlar sodir etişga undagan.
Tartibsizliklarning ertasi kuniyoq Vaşingtonda komendantlik soati e'lon qilingan. Voqealar ortida kongressning vakillar palatasi Trampga impiçment e'lon qilgan.
Baydenning inauguratsiyasi 20 yanvarga belgilangan. Tadbir davomida tartibni saqlaşga 15 ming gvardiyaçi jalb qilingan.










