«Jizzaxdagi qurilişda ruxsat olgan egasi boşqa, qurilişni qilgani boşqa, bu töğridan töğri korrupsion sxema hisoblanadi. Kimningdir hokimlikka qandaydir yaqinligi bor yoki tizimda taniş-bilişi bor. Öşaning nomiga olinadi, şu boşlagandek böladi, lekin umuman boşqa odamlar işlaydi. Şuning uçun ham hujjatlar 3 marta aniqlaştirilganda boşqa-boşqa kişilar çiqmoqda. Bunaqa bölişi kerak emas. U yerda qidiradigan bölsangiz bironta egasi çiqmaydi. Bittasi yerni olgan, boşqasiga berib qöygan xullas mingta bahona qiladi», - dedi Quriliş vaziri. 

Vazirga köra, hozirda ayrimlar hokimliklardagi tanişlari orqali yer olib “biznes” qilmoqda. 

«Bugun bir xil odamlar şuning orqasidan “biznes” qilmoqda, ya'ni uni tanişi bor va u bugun bemalol kirib joyini oladi. Quriliş bitgunça sotadi, şuning uçun ham hamma hujjatlar çala-çulpa. Davlat nazorati ham bir borganda uç qavatga bitta loyiha, loyihaçi bilan esa uning şartnomasi yöq. Undan keyin borganida ikkinçisi paydo bölmoqda. Bu korrupsion holat bölganligi uçun tadbirkor nima xohlasa öşani qilmoqda. Biz şuning oldini olişimiz kerak. Quriliş vazirligi esa, korrupsiyaga qarşi kuraşiş taşkiloti emas. 

Bunday korrupsion sxema faqat Jizzaxda emas, boşqa aholi yaşaş punktlarida ham bölayotganligi aytib ötildi. 2018-2019 yilda 11ta qaror, 2020 yilda yana 11ta qaror qabul qilindi. Biz şunça hujjatlarimizni qaytadan körib çiqişga majbur böldik va bu hali oxiri emas. Asosiy masala qonunlar orasida baribir kamçiliklar, aylanib ötiş imkoni topilmoqda. Oldin bunday holat bölmagan va heç kim bunday “teşik” qidirgan emas. Hozir şunday yöllarni topib qonunbuzarliklar bölmoqda. Kerakli mexanizm işga tuşişi kerak. Odam aralaşmagan taqdirda ham şu masala yopiladigan bölişi lozim. 

Yana bir masala tadbirkorni agar bajarmayotgan bölsa, uning hisobini yopib qöysangiz bu ham töpolon», - dedi Botir Zokirov.