Vazirlar Mahkamasining «Huquqbuzarliklarning oldini olişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalaniş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 407-son qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma'muriy işlarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga quyidagi qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
36-bandning 2-xatboşisi çiqarib taşlandi. Unda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda transport vositasini majburiy suğurtalaş suğurta polisining nusxasini taqdim etiş lozimligi qayd etilgan edi.
Amaldagi Yöriqnoma 45-1-band bilan töldirildi, unga muvofiq quyidagi hollarda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb hisoblanadi:
- tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, şuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etişning avtomatlaştirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda keçiktirib bölmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilganda;
- tezkor va maxsus xizmatlarning kök yoki qizil yoxud kök va qizil rangli yaltiroq mayoqçani yoqqan holda hamda maxsus tovuşli signallar bilan yaqinlaşib kelayotgan transport vositalariga ularning tösiqsiz ötib ketişi uçun yöl bergan transport vositalari haydovçilari tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar foto va video qayd etişning maxsus avtomatlaştirilgan texnik vositalari orqali qayd etilganda.
Qoidabuzarlik mazkur bandning uçinçi xatboşisida nazarda tutilgan holatda sodir etilganligi fakti tegişli hududdagi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimi tomonidan aniqlanadi. Şuningdek mazkur holatda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan jarima soliş töğrisidagi qarorning nusxasi yoki SMS-xabar yuborilgan taqdirda, transport vositasi haydovçisi uşbu qaror çiqarilgan kundan boşlab 60 kundan keçiktirmay qoidabuzarlik sodir etilgan hududdagi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasini yozma yoki oğzaki şaklda xabardor etişi lozim.
Yöriqnomaga boşqa özgartirişlar ham kiritilgan.








