Rahmatjon Qurbonov 1959 yil 20 sentyabrda Xiva şahrida san'atkor oilasida tavallud topgan. Otasidan özbek çolğu asboblarini çaliş va mumtoz qöşiqlarni ijro etiş uslublarini örgangan. U Xivadagi Matyoqub Xarratov nomidagi musiqa bilim yurti hamda Özbekiston davlat Konservatoriyasining vokal va maqom bölimida öqigan. San'at darğalari — Nasim Hoşimov, Halima Nosirova, Saodat Qobulovalarning sevimli şogirdlari qatoridan joy olgan.
U uzoq yillar Toşkent şahrida samarali faoliyat yuritib, «Lazgi» ansambliga rahbarlik qilgan. Bir neça risolalar, kitoblar, öquv qöllanmalar muallifi sifatida ham tanilgan. Rahmatjon Qurbonov hozirga qadar Özbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bölinmasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Hofiz «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist», «Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan artist» faxriy unvonlari hamda «Mehnat şuhrati» ordeniga sazovor bölgan.
Rahmatjon Qurbonov vafoti munosabati bilan Özbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham öz «Telegram» kanali orqali uni xotirladi.
«U san'at sohasidagi köp yillik serqirra ijodiy faoliyati bilan el-yurt nazariga tuşgan, respublikamizda taniqli, xalqimiz suygan xonanda edi.
Ustoz asl san'at durdonalaridan «Çorgoh», «Talqini Rost», «Katta suvora», «Çapandozi suvora», «Bazirgoniy», «Qaro közim», «Nasrulloyi», «Maxsus», «Feruz-1», «Feruz-II», «Orazibon» kabi köplab maqom hamda mumtoz aşulalarni özgaça mehr va ixlos, yuksak mahorat bilan me'yoriga yetkazib yuqori saviyada ijro qilgan edi.
Rahmatjon Qurbonov ijodiy faoliyati davomida qardoş qoraqalpoq, ozarboyjon, turkman, turk, tojik xalq qöşiqlarini ham zör iştiyoq bilan kuyladi va köpçilikning mehrini qozondi.
Ustoz san'atkor öz ijodi bilan nafaqat san'atimiz rivojiga, balki xalqlar örtasidagi döstlik va madaniy aloqalarni mustahkamlaş işiga ham hissa qöşdi. Mehnatlari munosib baholanib, davlatimizning «Mehnat şuhrati» ordeni bilan ham taqdirlandi», – dedi vazir.
Kun.uz marhumning yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor qiladi.








