Barça mas'uliyat buyurtmaçida

Qurilişda davlat nazoratining öz nizomi va funksiyasi bor hamda köpçilik buni yaxşi tuşunmaydi. Davlat nazorati bu quriliş qatnaşçilarining tasdiqlangan loyiha qismida işlarni töğri yoki notöğri olib borayotgani ustida olib boriladi. Ya'ni, loyiha içidagi quriliş qatnaşçilari bölgan buyurtmaçi, buyurtmaçining texnik nazorati, avtorlik nazorati va pudrat taşkilotining faoliyatini muvofiqlaştiradi. Albatta har qanday obektning buyurtmaçisi bölişi kerak. Buyurtmaçi bölmasa u bilan na pudratçi, na loyihaçi, na-da qaysidir davlat taşkiloti gaplaşadi. Qanaqa sub'yekt bölişidan qat'iy nazar u buyurtmaçi va u qurilişdagi barça mas'uliyatni öz zimmasiga olişi hamda hujjatlarni qonun doirasida töğri bajarişi lozim.

3 qavatga loyiha qildirib, 6 qavatli bino tiklaş mumkin emas

Buyurtmaçi loyiha-smeta hujjatlari uçun loyiha taşkiloti bilan şartnoma tuzadi. Loyiha oldi hujjatlarni bajarişda ham taşkilotlar bilan şartnoma qiladi. Şu masalada hozirgi obekt böyiça (Jizzaxda qulagan bino nazarda tutilmoqda – tahr.) öşa binoning joyida geologiya, gidrogeologik vaziyatni örganiş böyiça tadqiqot işlariga alohida şartnoma qiladi. Loyihaçi buyurtmaçining loyiha topşiriği asosida loyihani boşlaydi. Endi, Jizzaxdagi holatda buyurtmaçi qança masalani notöğri qilganini öylab köriş mumkin. Agar u loyihani dastlab uç qavatli binoga qildirgan bölsa, keyin örnida olti qavatlik bino barpo qilişi noreal masala.

Nazorat inspektori buyurtmaçi, loyihaçi, texnik nazoratçi va pudratçi işini tekşiradi

Quriliş vaziri Botir Zokirov

Davlat nazorati qurilişdagi mana şu 4 sub'yekt (buyurtmaçi, loyihaçi (avtorlik nazorati), texnik nazoratçi va pudratçi (quruvçi taşkilot)ning töğri iş yuritişini köradi. Qurilişning bugungi eng asosiy hujjati bu – Işni amalga oşiriş kitobi (Jurnal proizvodstvo raboti). Mana şu kitob röyxatdan ötkaziladi. Loyiha taşkiloti belgilangan muddatlarda avtorlik nazorati qismida qurilayotgan obektning kamçiliklarini qayd qilib, quruvçidan uni bartaraf qilişni talab qiladi. Texnik nazorat ham pudratçiga öz yönalişi böyiça kamçiliklarni bartaraf qilişni talab qiladi. Özining alohida talablari bölsa, ularni ham qayd qiladi. Pudratçi esa kamçiliklarni bartaraf qilib, yozma ravişda öşani körsatişi şart.