Samsung Electronics kompaniyasi yangi SmartThings Find servisi işga tuşgani haqida e'lon qildi, u Android 8 yoki yangiroq versiyalar boşqaruvidagi Galaxy qurilmalarini tez va oson topişga yordam beradi.  Android 8 yoki yangiroq versiyadagi Galaxy smartfonlari va planşetlari, Tizen 5.5  dagi Galaxy Watch qurilmalari hamda Galaxy Buds+, Galaxy Buds Live va Galaxy Buds Pro qurilmalari uçun imkonli. SmartThings Find servisi Galaxy  smartfonlari, planşetlari va taqib yuriladigan devayslarini topiş uçun energiya iste'moli past (BLE) Bluetooth texnologiyasidan va öta keng polosali aloqadan (UWB) foydalanadi.

«Eng yangi BLE va UWB texnologiyalarini qöllagan holda, SmartThings Find  servisi yöqolgan qurilmalarni izlaşni soddalaştiradi, - deya qayd etadi Samsung Electronics mobil kommunikatsiyalar bölinmasining vitse-prezidenti va SmartThings guruhining rahbari Çje Yon Çong (Jaeyeon Jung) . – Töldirilgan reallik hamda kartalar va tovuşli signallar tufayli SmartThings Find – bu oddiy va körgazmali yeçim bölib, u sevimli devayslarni topişga yordam beradi. Bu faqat UWB texnologiyasi taqdim etişga qodir bölgan yangi mobil tajribaga misollardan biri, xolos».

«Oflayn» «aloqadamas» degani emas

SmartThings Find qurilma internetga ulanmagan bölsa ham uni oson topiş imkonini beradi, çunki SmartThings foydalanuvçilari bir-biriga izlaşga yordam beriş imkoniga ega. Xizmatga ulaniş orqali siz nafaqat qurilmalaringizni topişingiz, balki boşqa foydalanuvçilarga qidirişda ham yordam berişingiz mumkin. Gajdet 30 daqiqa davomida avtonom rejimda bölganidan keyin u boşqa devays qabul qilişi mumkin bolgan BLE signalini beradi. Agar devays yöqotilgani haqida SmartThings Find yordamida ma'lum qilinsa, şu yaqin-atrofdagi istalgan Galaxy smartfoni yoki planşeti izlaşga yordam berişi mumkin, Samsung serveriga özi joylaşgan yeri haqida xabar qilib. U yerdan signal yöqolgan devays egasiga boradi. SmartThings Find servisining barça foydalanuvçilik ma'lumotlari şifrlangan va işonçli tarzda himoyalangan, şu bois qurilma joylaşgan yer begonalarga oşkor bölmaydi.

Telefon sozlamalarida oflayn topişni sozlaş

Galaxy qurilmalarini izlaş uçun batafsil yöriqnomalar

Yöqolgan gadjetni xaritadagi batafsil yöriqnomalar va qurilmaga “qönğiroq qiliş” imkoniyati tufayli topiş qiyin emas. Buning uçun SmartThings Find servisini oçiş va topilişi kerak bölgan devaysni tanlaşning özi yetarli, şundan söng u joylaşgan aniq manzil xaritada körsatiladi. Foydalanuvçi kerakli nuqtaga yaqinlaşgan holda tovuşli signalni yoki töldirilgan realikka asoslangan “Yaqin-atrofdan izlaş” funksiyasini yoqişi mumkin: ekranda rangli grafika paydo böladi, u predmetga yaqinlaşişga qarab yorqinroq tusga kiradi.