22 yanvar kuni Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining ekspertlar iştirokidagi yiğilişi bölib ötdi.
Ta'limdagi muammolarga bağişlangan yiğilişda tibbiyot sohasidagi ayrim masalalar haqida ham söz bordi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Toşkentdagi «Asab va ruhiyat» ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayevga köra, hozirgi vaqtda Özbekistonda insultni davolaşda bir qator xato uslublardan ham foydalanilmoqda.
Insult – boş miyada qon aylanişining tösatdan buzilib, miya töqimalari zararlanişi va miyaga qon quyilişi. Bir qança kasalliklar insultga sabab bölişi mumkin.
«Ötkir insultda tezkor diagnostikani yölga qöyişimiz kerak. Agar bemorga insult paytida 3 soatdan 6 soatgaça tezkor tibbiy yordam körsatilsa, unda falajlaniş yoki nutq buzilişining oldini oliş mumkin. Aytilgan vaqtda tezkor davo qilinib, yetarli e'tibor qaratilsa, bemor 6–7 kundayoq şifoxonadan çiqib ketadi.
Buning uçun tibbiyot institutlari talabalarini ham şu yönalişda öqitiş juda muhim. Tez tibbiy yordam şifokorlarini ham şu yönalişda qayta öqitiş kerak», – dedi u.
Tibbiyot fanlari doktoriga köra, muammoning asl ildizi – tibbiyotda doim ham dalillarga asoslanmayotgani va farmkompaniyalar lobbisi bilan boğliq.
«Tibbiyotimizning barça yönalişlariga lobbizm kirib kelib böldi. Masalan, tibbiyot yönalişidagi olimlarning ilmiy konferensiyalarini ötkazişga farmatsevtlar homiylik qilyapti. Şuning uçun boşqa yönalişdagi konferensiyalardan farqli ravişda, tibbiyot konferensiyalari yirik va haşamatli mehmonxonalarda ötkaziladi.
Olimlarning özida katta pul yöq. Şu sababli bir qator olimlarning ilmiy maqolalari ham farmatsevtlar puli bilan çet el jurnallarida çiqadi.
Bundan farmatsevtlar qanday foyda köradi, deysizmi? Tuşuntiraman. Şifokor öziga homiylik qilayotgan farmatsevtning dorisini insultda foydali, ta'siri juda yaxşi, deb maqolasiga kiritadi.
Insult bölgan bemorlarga beriladigan bir neçta dorilardan taşqari qolgan dorilar ma'lum asoratlar qoldiradi»,












