Şaharlardagi doimiy şovqindan çarçab, tabiat qöynida dam olişni istovçilar uçun ğaroyib Jupe çodirlari taqdim etildi.

Bu çodirning öziga xos nimasi bor? Tesla va SpaceX'ning sobiq xodimlari işlab çiqqanidan taşqari, narxi ança mö'tadil – 99 AQŞ dollari.

«Jupe – yulduzlardan ilhom olib, şahar taşqarisida özgaça hordiq çiqariş uçun möljallangan maskan. Bu taşqi olamga darçadir», deya tavsiflaydi mualliflar öz favqulodda ixtirolarini.

Tovar qulay va yassi qadoqda yetkazib beriladi, uni jonli tabiatning istalgan nuqtasiga avtomobilda olib yuriş mumkin. Boşpananing balandligi 3,35 metr, umumiy maydoni 10,3 kvadrat metr.

Jupe alyuminiy reykalar va yonğinga çidamli yuqori sifatli matodan taşkil topgan. Uning öziga xos şakli kimgadir qirralangan olmosni eslatadi, kimdir esa fazoviy kemani köradi. Qulaylik töliq bölişi uçun pol Baltika qayinidan yasalgan.

Şuningdek, komplektda ikki kişilik töşak, bejirim diod çiroq va boşqa bir neça kiçik buyumlar bor. Fasad tarafdan tabiat gözalliklari yoki tungi osmondagi yulduzlardan bahra oliş uçun deraza oçiladi.

Albatta, Jupe doimiy yaşaş uçun möljallangan joy yo uyça emas. Lekin çodir uçun a'lo şaroitga ega.

Ixtiro qilingan mahsulotga qarab turib, Tesla va SpaceX xodimlari ofisdagi işlardan qançalar çarçaganini köriş mumkin. Mualliflar prezentatsiyalarda Jupe şahardan narida dam oliş uçun ular yaratgan çodir qançalar qöl kelişini ta'kidlaşdan çarçaşmaydi.

Jupe'ga qarab, ularning fikriga qarşi çiqiş duşvor. Qiziqarli matohni olib, qisqa muddatli dam olişga çiqqan odam ob-havo injiqligini öylamasa ham bölaveradi.