Abu Dabida o‘tgan UFC 257 turnirida o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov ham oktagonga chiqdi.

Murodov amerikalik 32 yoshli jangchi Endryu Sanches bilan to‘qnash kelib, 3-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Shunday qilib, buxorolik 30 yoshli yakkakurashchi UFC'dagi 3-jangida ham g‘olib bo‘ldi.