Ma'lum qilinişiça, endilikda özbek futboli rivojiga hissa qöşayotgan, Özbekiston dovruğini jahon arenalarida taratayotgan va mamlakatda futbol ommaviyligini oşirişda muhim örin tutgan futbolçi va mutaxassislar ÖFA prezidentining maxsus sovrinlari bilan taqdirlanadi.

ÖFA majlislar zalida ötgan taqdirlaş marosimida assotsiatsiya prezidenti Abdusalom Azizov, birinçi vitse-prezident Ravşan Ermatov va bölinmalar rahbariyati iştirok etdi.

Bu yil uşbu taqdirlaş jarayoni birinçi bor yölga qöyildi va unda 5ta nominatsiya joriy etildi.

«Ötgan mavsumda muxlislar va mutaxassislar e'tiborini qozongan, milliy jamoalarimiz safida işonçli öyin körsatgan Ibrohimxalil Yöldoşev «Yil kaşfiyoti» nomiga sazovor böldi. Sovrinni Ravşan Ermatov yoş futbolçimizning otasi Habibullo Yöldoşevga topşirdi.

Özbek futboli afsonasi Gennadiy Denisov «Milliy terma jamoa faxriysi» sovriniga munosib deb topildi.

Ham maydonda, ham uning taşqarisida barçaga örnak böladigan, har bir terma jamoaning ramziga aylangan futbolçi Odil Ahmedov Özbekiston milliy jamoasidagi mardonavor harakati va fidoyiligi uçun «Milliy terma jamoa yuragi» sovrini bilan taqdirlandi.

Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergaş Soliyevning futbol ommaviylik darajasini oşirişdagi mehnatlariga munosib baho berildi. ÖFA prezidenti Abdusalom Azizov Ergaş Soliyevni «Özbek futboli rivojiga qöşayotgan hissasi uçun» sovrini bilan taqdirladi.

Italiyaning «Jyenoa» klubi safida sermahsul va yuqori darajali öyin körsatib, özbek futbolini jahonga yanada tanitayotgan Eldor Şomurodov asosiy nominatsiya bölmiş «Özbek futbolining yorqin yulduzi» sovriniga loyiq deb topildi. Mazkur sovrinni futbolçining otasi Azamat Şomurodov ÖFA rahbaridan qabul qilib oldi», deyiladi rasmiy xabarda.