Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 fevraldan «Toshkent – Andijon – Toshkent» yo‘nalishidagi poyezdlarning jo‘nash va qabul qilish manzili o‘zgaradi
2021 yil 1 fevraldan «Toshkent – Andijon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdlarining jo‘nash va qabul qilish manziliga o‘zgarish kiritiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 1 fevralidan boshlab, «Toshkent – Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan 60-sonli yo‘lovchi poyezdi Toshkent markaziy vokzalidan harakatini boshlaydi.
Shuningdek, «Andijon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 59-sonli yo‘lovchi poyezdi Toshkent markaziy vokzaliga qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
22:03 / 16.07.2026
Jazirama sabab poyezdlar tezligiga cheklov qo‘yiladi
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
11:55 / 04.06.2026