Rossiya armiyasi 16-sentabr kuni Ukrainaning Dnipropetrovsk viloyati Nikopil tumanida qatnovçi yölovçi avtobusiga dron bilan zarba berdi. Bu haqda Deutsche Welle mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berdi.

Dnipropetrovsk viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Aleksandr Ganjaning maʼlum qilişiça, hujum oqibatida beş kişi halok bölgan, yana kamida yetti kişi jarohatlangan.

Yölovçi poyezdiga ham zarba berildi

Şuningdek, Rossiya qöşinlari Kiyev–Mikolayiv yönalişida qatnaydigan 122-sonli yölovçi poyezdiga zarba bergan.

«Ukrzalіznitsya» temiryöl kompaniyasi maʼlumotiga köra, monitoring guruhi xavf haqida oldindan ogohlantirgan. Şu sababli lokomotiv va poyezd brigadalari hamda barça yölovçilar öz vaqtida evakuatsiya qilingan.

Hujum oqibatida odamlar jabrlanmagan. Evakuatsiya qilingan yölovçilar manziliga yetib olişi uçun avtobuslar taşkil etilgan.

Kiyevda bir kişi jarohatlandi

16-sentabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Kiyevga ham reaktiv dronlar bilan hujum qilgan.

Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning maʼlum qilişiça, Svyatoşinskiy tumanidagi ombor binosida yonğin kelib çiqqan. Hujum oqibatida bir kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Xersonda ham Rossiyaning FPV-droni yengil avtomobilga zarba berganini bildirdi. Zarba oqibatida avtomobil yonib ketgan, keyinçalik yonğin öçirilgan. Uşbu hodisada jabrlanganlar qayd etilmagan.

Ukraina HHK: Rossiya 80 ta dron bilan hujum qildi

Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlari maʼlumotiga köra, 16-sentabrga ötar keçasi Rossiya Ukraina hududiga 80 ta zarbdor uçuvçisiz uçiş apparati bilan hujum qilgan.

Ukraina tomoni 63 ta dron havo hujumidan mudofaa vositalari bilan urib tuşirilgan yoki bostirilganini maʼlum qildi.

Harbiy-havo kuçlariga köra, yettita joyda dronlar nişonga tekkani, yana ikkita hududda esa urib tuşirilgan apparatlar parçalari yerga qulagani qayd etilgan.