13-sentabrga ötar keçasi Rossiya dronlari Ukrainaning Polşa çegarasi yaqinida joylaşgan bir neçta obyektiga zarba berdi.

Polşa Içki işlar vazirligi vakili Karolina Galetskaning AFP agentligiga maʼlum qilişiça, dronlardan biri Yagodin şahrida, Polşa çegarasidan 2 kilometr masofada joylaşgan yonilği quyiş şoxobçasiga urilgan.

Hujum oqibatida ikkita yuk maşinasi yonib ketgan.

Bundan taşqari, Volin viloyatidagi Yagodin temiryöl stansiyasida Kiyev-Varşava yönalişidagi poyezd lokomotivi ham zarar körgan.

Uşbu yönaliş böyiça Kiyevdagi «Yalta Yevropa strategiyasi» (YES) forumida iştirok etgan sobiq Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson va bir qator yevropalik diplomatlar ham harakatlangan.

Sobiq Şvetsiya boş vaziri Karl Bildtning bildirişiça, zarba diplomatlar bölgan poyezdga emas, undan bir neça daqiqa keyin harakatlangan poyezdga töğri kelgan. Dron yaqinlaşayotgani haqida ogohlantirilgandan söng yölovçilar evakuatsiya qilingan va heç kim jabrlanmagan.

Ukraina temiryöl kompaniyasi - «Ukrzalіznitsya» dronning ehtimoliy nişonlaridan biri diplomatlar bölgan poyezd bölişi mumkinligini bildirgan. Kompaniyaga köra, Rossiya zarbalari xavfi tufayli poyezdlar jadvali real vaqt rejimida özgartirilgan va diplomatlar bölgan poyezd stansiyadan rejalaştirilganidan oldinroq jönab ketgan.

Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy Rossiyaning NATO çegaralari yaqinida kuçayib borayotgan hujumlarini «eskalatsiya» deb baholadi.

Polşa boş vaziri Donald Tusk esa yaqin hafta va oylarda Rossiya tomonidan zarbalar yanada kuçayişi mumkinligini aytdi. Uning taʼkidlaşiça, Varşava eskalatsiya Polşa hududiga ham taʼsir qilişi ehtimolini istisno qilmaydi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukraina ğarbidagi temiryöl infratuzilmasiga zarbalar berilganini tasdiqladi. Moskva versiyasiga köra, nişonga olingan infratuzilmadan Yevropa davlatlaridan harbiy maqsaddagi yuklarni taşiş uçun foydalanilgan.