Qayd etilişiça, Toşkent şahar IIBB xodimlari va Milliy gvardiya xizmatçilari tomonidan tekşiruvlar davomida 567ta piçoq, 3ta bolta, 11ta kastet, 34ta bita va boşqa buyumlar topildi.
Fuqarolarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 185-2-moddasi (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş”) böyiça tegişli bayonnomalar rasmiylaştirildi.
Şuningdek, öquv dargohlarida ötkazilgan tekşiruvlar davomida öquvçilardan 25ta piçoq, 7ta kastet va boşqa xavfli buyumlar topildi. Ösmirlarning ota-onalari bilan suhbatlar ötkazildi, ularning ba'zilariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta'lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) böyiça bayonnomalar rasmiylaştirildi.
Sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xöjalik-maişiy maqsadlarda foydalaniş bilan boğliq bölgan hollarda, jamoat joylarida oçiq (ğilofsiz) holda olib yuriş — bazaviy hisoblaş miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.








