«Endi işni «mahallabay» taşkil etişda mahalla raisi, profilaktika inspektori, maktab direktori, yoşlar yetakçisi yoşlar muammolarini «fuqarobay» aniqlaydi.

Mana, bir paytlar biz «mijozbay» işladik. Endi mahallada «fuqarobay» işlaymiz. Uyning içidagi odamning kayfiyati qanday? Nima murod-maqsadi bor? Nima muammolari bor?

Şularni «fuqarobay» aniqlab, sektor rahbarlari oldida aniq va lönda masalalarni qöyişlari şart», – dedi prezident.

Davlat rahbarining aytişiça, viloyatlar hokimlari unga kafolat xatlari yozib bergan. Bu va'dalar bajarilişini Hisob palatasi nazorat qiladi.

«Viloyat hokimlari joriy yilda qança yoşlarni kasb-hunarga öqitişi, tadbirkorlikka jalb qilişi, sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligida bandligini ta'minlaş böyiça kafolat xatlari yozib bergan.

Men ularni öqidim. Endi bu xat nomiga emas. Har hafta duşanba kuni yozilgan kafolat xatlari nima bölyapti, deb, Hisob palatasi rahbari menga ma'lumot beradi.

Bugun uşbu rahbarlar qoğozdagi raqamlarni amaldagi işga aylantiriş böyiça hisobot berişlari şart», – ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.