«Köngil közi» loyihasi muallifi, Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryo viloyatidagi Oftalmologiya şifoxonasi faoliyati bilan tanişdi. U bu haqda öz telegram-kanalida ma'lum qildi.

 «Köngil közi» loyihasi doirasida Qaşqadaryo viloyatidagi Oftalmologiya şifoxonasida böldik. Şifoxona faoliyati va bizning xayriya aksiyamiz doirasida bu yerda tekşiruvdan ötayotgan jajji bemorlar bilan tanişdik.

Aksiyaning birinçi bosqiçi öz yakuniga yetdi. Hozirgi kunga qadar respublika böylab 2964 nafar bola tekşiruvdan ötkazildi.

Navbat ikkinçi bosqiçga. Respublika ixtisoslaştirilgan köz mikroxirurgiyasi markazi mutaxassislari kömagida bolalar közlarida ötkazilişi lozim bölgan jarrohlik aralaşuvining qiyinlik darajasiga köra kategoriyalarga ajratildi», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Mirziyoyevaning ma'lumot berişiça, bolalarning ba'zilari viloyat kasalxonalarida, ba'zilari Toşkentda operatsiya qilinadi, ayrimlari esa xorijdan jalb etilgan mutaxassislar yordamida davolanadi. Jami 478 nafar bola uçun 630 ta operatsiya ötkaziladi.