Nyu-York ştati federal sudi AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan 75 mamlakat fuqarolariga immigratsion viza berişni töxtatiş töğrisidagi qarorni noqonuniy deb topdi va bekor qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Sobiq prezident Jo Bayden tomonidan tayinlangan sudya Jannet Vargas AQŞ davlat kotibi Marko Rubioni öz vakolatlarini oşirib yuborgan deb hisobladi.

Vargasga köra, immigratsion vizalar berişni töxtatiş tartibi «oçiqdan-oçiq noqonuniy» bölib, Amerikaning migratsiya qonunçiligiga zid kelgan. Uning sözlariga köra, faqat arizaçining fuqaroligiga asoslanib viza berişni taqiqlaş immigratsion vizalarni körib çiqişning qonunda belgilangan tartibini buzadi.

Uşbu çoraga qarşi daʼvoni huquqni himoya qiliş taşkilotlari, immigratsion viza olmoqçi bölganlar hamda çeklovlarga duç kelgan mamlakatlardagi qarindoşlariga homiylik qilgan AQŞ fuqarolari kiritgan.

Yanvar oyida AQŞ Davlat departamenti arizaçilar AQŞ davlat resurslariga qaram bölib qolişi xavfini sabab qilib körsatib, 75 mamlakat, jumladan, Özbekiston fuqarolari uçun immigratsion viza berişni töxtatişga buyruq bergandi.

Şu vaqtda Davlat departamenti yangi migrantlar «Amerika xalqi hisobidan yaşamasligiga» AQŞ işonç hosil qilmagunça, uşbu çeklov amalda bölişini taʼkidlagan edi.

Çeklovlar, xususan, Braziliya, Kolumbiya, Urugvay, Bosniya, Albaniya, Pokiston va Bangladeş, şuningdek, Afrika, Yaqin Şarq va Karib havzasidagi bir qator mamlakatlar fuqarolariga taʼsir qildi. Şuningdek, uşbu çoralar MDH aʼzolari – Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova va Özbekistonga ham tegişli böldi.

2025-yilda AQŞ Davlat departamenti 100 mingdan ortiq xorijiy vizani, jumladan, 8 mingga yaqin talabalik vizasini bekor qildi. Bu Bayden maʼmuriyati davridagi 2024-yilgi körsatkiçdan ikki baravardan köproq.