Ukrainadagi mojaroga tinç yöl bilan yeçim topiş böyiça Rossiyaga yetkazilayotgan takliflar “ekzotik” va “nomaqbul”, dedi prezident Vladimir Putin jurnalist Pavel Zarubin bilan suhbatda. U Moskva tinçlik muzokaralariga faqat mavjud realliklar asosidagina tayyorligini taʼkidladi.
“Bizga yetkazilayotgan takliflar baʼzan, aytiş mumkinki, ekzotik xususiyatga ega va qabul qilib bölmaydi. Biz tinçlik borasidagi muloqotga doim tayyormiz, biroq faqat mavjud realliklarga asoslangan holda”, - dedi davlat rahbari.
Uning sözlariga köra, Rossiya qurolli kuçlarining javob çoralari Ukraina iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridagi vaziyatni “jiddiy darajaga” olib çiqmoqda, şu bois Kiyev rasmiylari vositaçilar orqali özlari qözğatgan uşbu vaziyatdan çiqişga urinmoqda.
Moskvaga tinçlik böyiça aynan qanday “ekzotik” takliflar kelib tuşgani haqidagi savolga Putin “tafsilotlarga berilişni” istamasligini, biroq bunday takliflar avval ham bildirilganini, hozirgi vaziyatda esa ular “öziga xos tarzda taqdim etilayotganini” aytdi. “Ammo oldinga ötib, ehtimoliy kelişuvlarga nima asos bölişi mumkinligini aytişga hali erta”, - deb qöşimça qildi u.












