“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida” prezident farmoni eʼlon qilindi.

Mukofotlanganlar roʻyxati:

“Doʻstlik” ordeni bilan

  • Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv boʻlimi bosh direktori oʻrinbosari

  • Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining Oʻzbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

  • Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

  • Sabine Maxl – BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori

  • Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” MCHJ kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

  • Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Harvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri

  • Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi oʻzbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sogʻlom yoʻl” tibbiy va diagnostik markazi rahbari

“Shuhrat” medali bilan

  • Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va taʼlim berish markazi rahbari