Xalq deputatlari sessiyasidan söng prezident kutilmaganda Farğona şahridagi «Şodiyona» mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uçraşdi.
«Bugun viloyatga yangi hokim qöydik. Hozir vodiy içida Farğona viloyatini yangi tizimga ötkaziş, «mahallabay» işlaş, odamlarning oğirini yengil qiliş böyiça köp çoralar köryapmiz. Şuning uçun «Şodiyona» mahallasini ham özim aylanib kelay deb, sizlarni körgani keldim. Yurtimizga köz tegmasin, oğir kasallar bölmasin. Odamlarni yöqotmaslik, kasallikning oldini oliş böyiça qölimizdan kelgança harakat qilyapmiz. Hammasini sizlarning tinçliklaringizni öylab qilyapmiz. Mening eng katta maqsadim - xalqimizning oğirini yengil qiliş. Sal bölsa ham qiynalmasin, deb harakat qilyapmiz», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Onaxonlardan biri ertaga öğlining töyi bölişini aytdi. Prezident ularni tabriklab, yoş oilaga baxt, soğlik tiladi.
Kutilmagan taşrifdan xursand bölgan odamlar davlatimiz rahbariga sihat-salomatlik, xalqimizga tinçlik-farovonlik tilab duolar qildi.

Muloqot davomida prezident «Şodiyona» mahallasida istiqomat qiluvçi fuqarolar bilan birgalikda suratga tuşdi.

Sohibqiron Temur köçasi böylab yurilib, uy-joylar, savdo şoxobçalari közdan keçirildi.
Şavkat Mirziyoyev mahalla idorasiga kirib, mahalla raisi va maslahatçilar bilan suhbatlaşdi. Aholining yaşaş şaroitlari, hududdagi muammolarni söradi. Ularni hal etiş böyiça mutasaddilarga körsatmalar berdi.













