Avvalroq yozganimizdek, Samsung kompaniyasi Galaxy smartfonlarining yangi flagman töplami — S21|S21+|S21 Ultra, simsiz premium Buds Pro quloqçinlarini va SmartTag Bluetooth trekerlarini taqdim etdi. Yangi Galaxy seriyasi texnika olamida ulkan qiziqiş va taniqli xalqaro naşrlarda köpgina ijobiy izohlar uyğotdi hamda yetkazib beriş hajmiga juda katta talab sabab böldi. Bugungi maqolamizda Galaxy S21 liniyasi nimasi bilan şu qadar öziga xosligini va sizga yana bir smartfon Galaxy A01 Core sovğa sifatida berilişini tahlil qilamiz.

Galaxy S21 seriyasi

Galaxy S21|S21+|S21 Ultra smartfonlari boşqa smartfonlardan yuqori unumdorligi, beqiyos kamerasi, mukammal dizayni va çeksiz displeyi bilan ajralib turadi.

Şuningdek, S seriyadagi smartfonda ilk marotaba S Pen qalami funksiyasi kiritilgan bölib, uning yordamida Galaxy S21 Ultra'da eslatma yaratiş, yozuv qöşiş va fotosuratlar yoki hujjatlarni tezda tahrirlaş mumkin.

Contour Cut kamerasining mukammal tuzilişi, baquvvat va tirnalişlarga nisbatan çidamli korpus bilan yaxlit uyğunlik kasb etgan bölib, özining zamonaviy dizayni bilan diqqatni tortadi. Flagman seriyasining dizayni töğrisida GQ naşri şunday fikr bildirdi: “Bu biz ilgari heç bir smartfonda uçratmagan, çindan ham zamonaviy va öziga xos dizayn”. 

Galaxy S21|S21+|S21 Ultra kameralari – xuddi qölingizga joylaşgan kinostudiyaga öxşaydi, gadjetlarga bağişlangan eng xaridorgir Stuff jurnalining yozişiça: “Samsung Galaxy S21 Ultra 5G bilan ortiqça kuç sarflamay, özingizni körgazmalarga munosib fotosuratlarni yarata oladigan professional fotograf/suratkaş kabi his qilasiz”. Galaxy S21 seriyasidagi kameralar yordamida, 8K sifatli videolarni suratga oliş va bevosita videoning özidan yuqori tiniqlikdagi ajoyib tasvirlarni olişingiz mumkin.

The Guardian