Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zoyir Mirzayev Qashqadaryoda faoliyat yurituvchi hokimlarga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqladi
Zoyir Mirzayev yangi xizmat mashinasi sotib olishga moratoriy e'lon qildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda faoliyat yurituvchi 15 nafar hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqlagan.
Bu haqda viloyat hokimi prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi selektordan so‘ng o‘tkazilgan qisqa muhokama yig‘ilishida ma'lum qilgani aytiladi.
- Koson tumani hokimi va viloyat hokimi o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Bahrom Yusupovga ruxsat berganmiz, - dedi Zoyir Mirzayev. - Uning o‘rniga aholiga foydasi tegadigan biror ish qilaylik. Faqat, zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, viloyat sessiyasida tasdiqlansagina, ruxsat beramiz.
Avvalroq, Koson hokimining odam o‘limiga sababchi bo‘lgan Captivasi yangisiga almashtirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026