2020 yilning dekabrida Koson şahridagi Köp tarmoqli markaziy poliklinika yaqinidagi piyodalar ötiş yölagida avtohalokat yuz bergan. Natijada 60 yoşli Şerali Jumaqulov voqea joyida vafot etgan.

Qaşqadaryo viloyat IIBning ma'lum qilişiça, «CAPTIVA» rusumli, 70 027 KAA davlat raqamli avtotransport vositasi Koson tuman hokimligiga qaraşli bölgan.

Koson tuman hokimligi 2021 yilning 1 fevral kuni Captiva-2 xizmat maşinasini trade-In tartibida xarid qiliş uçun 260 mln sömlik şartnoma imzolagan.

Buning uçun tuman hokimi Asrol Boyqorayevning şu yil 29 yanvardagi x-22/01-sonli qarori bilan tuman mahalliy budjetining zaxira jamğarmasi hisobidan 262 mln söm mablağ ajratilgan.

Şunga muvofiq, tuman hokimligi va «AS-Kaşkadarya Servis» ŞK örtasida trade-In dasturi asosida «CAPTIVA-2» (2,4) S7 rusumli avtomaşina uçun 260 mln 456 ming sömlik şartnoma imzolangan.

Viloyat IIB xabarida dastlabki tergov harakatlari davomida xizmat avtomobili tuman hokimining birinçi örinbosariga biriktirilgan avtomaşina haydovçisi Rahim Jörayevga boşqariş uçun tegişli hujjatlar asosida topşirilgani va hodisa kuni aynan u avtomaşinani boşqargani aytiladi.

Ammo, marhumning yaqinlari Rahim Jörayev öşa kuni rulda bölmagani, maşinani tuman hokimining özi yoki uning öğli boşqargan bölişi mumkinligini taxmin qilişmoqda.