Hamma biznes markazlar ham birdek yaxşi emas. Ofis köçmas mulki sohasida çalkaşmaslik uçun biznes markazlarini turi böyiça tasniflaş tizimi işlab çiqilgan. U köplab omillarni inobatga oladi: quriliş davri, joylaşuvi va transport qatnovi, infratuzilmasi va jihozlanişi, tarhlari, pardoz işlari va boşqalarni. Uşbu xususiyatlarga qarab ofis köçmas mulki toifalarga bölingan: «A», «B», «C» va «D».
Eng nufuzli, texnik jihatdan ta'minlangan, qulay rejalaştirilgan tijoriy köçmas mulklar «A» toifasiga kirsa, 12 qavatli Orient Business Center ham şu toifaga mansub hisoblanadi. Loyiha Turkiyaning DOME+PARTNERS arxitektura kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Unda turli yönalişdagi mutaxassislar: landşaft dizaynerlari, interer dizaynerlari va arxitektorlari, fasad böyiça konsultantlar, binoning energiya hamda ekologik samaradorligi mutaxassislari, mexaniklar, elektriklar faoliyat yuritadi. Şu bois qurilişning barça nozik jihatlari loyiha işlab çiqilayotgan paytdayoq puxta öylab qöyiladi.

Joylaşuvi va transport qatnovi
Orient biznes markazi poytaxtning qoq markazida, Toşkentning eng qadimiy bozorlaridan bölmiş Oloy bozorining yonginasida joylaşgan. Binodan yuz metrdan yaqinroq masofada – metro va yerusti transporti bekati mavjud. Boşqa tarafdan – gavjum avtostrada, biznes markazga kiriş uçun qulay yölak. Avtomobil egalari uçun 170 örinli ikki qavatli yerosti avtoturargohi közda tutilgan, mehmonlar esa qöriqlanadigan yerusti avtoturargohidan foydalanişlari mumkin.
Bu yerda barçasi biznesga qaratilgan. Birinçi qavatda – keng xoll va qabulxona hududi, şuningdek, tayyor ijara biznesi uçun möljallangan tijoriy maydonlar: qahvaxona va oşxonalar, dorixonalar, bank filiallari, kimyoviy tozalaş xizmati, minimarket va boşqalar. Markazning 2–11 qavatlarida şinam ofislar, konferensiya zallari, muzokaralar xonalari, tuşlik xonasi mavjud.

Taşqari va içkari
Markaz binosi monolit-karkasli, temirbeton qoplamali va unda qattiqlik difragmasi örnatilgan. Şiftlar balandligi 4,2 metrdan boşlab (2–10 qavatlar) 4,7 metrgaça (1 va 11 qavatlar). Fasad uçun şakllarning aniq geometriyasi va özgaça töq kök ranglari gammasini mujassam etgan jiddiy yevropaça uslub tanlangan. Taşqi köriniş jihatdan bu munosib löndalik, zamonaviy yondaşuv va basavlatlik hissini beradi. Derazalar va pardoz işlari yuqori sifatli materiallar işlatgan holda zamonaviy texnologiyalar asosida bajarilgan.










