Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz»: ERIELL kompaniyasi bilan hamkorlikda Ustyurt platosida tabiiy gaz qazib chiqarilishida samaradorlikka erishilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 9 martdagi «2017–2021 yillarda Uglevodorod xomashyosi qazib olishni ko‘paytirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ–2822-sonli qarori asosida «O‘zbekneftgaz» AJ Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida ham uglevodorodlar hajmini oshirish borasida keng ko‘lamdagi ishlar bajarilmoqda.
Dastur doirasida 2017–2020 yillarda Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida 84 ta yangi gaz qudug‘i burg‘ilanib, jihozlash ishlari to‘liq tugatilib, ishlatishga topshirildi.
Tabiiy gaz qazib chiqarilishi yo‘lida «O‘zbekneftgaz» AJ mutaxassislari bilan baravar mehnat qilayotgan bosh pudratchi «Eriell Oilfield Services Middle East DMCC» kompaniyasi ishchi-xodimlarining qo‘shayotgan hissasini ham alohida e’tirof etish kerak.

Dastur doirasida Ustyurt regionida yangi istiqbolli konlar ochilishi bilan konlardan qazib olinayotgan tabiiy gazni kompleks tayyorlab, iste’molchilarga belgilangan standart talablari asosida yetkazib berish maqsadida, «Arslon» konida yiliga 2 mlrd kub metr gazni tayyorlash quvvatiga ega bo‘lgan «Arslon» Gazni kompleks tayyorlash qurilmasining 1- va 2-tarmog‘i qurilib ishga tushirildi.
Natijada, konlardan qazib olingan tabiiy gaz quvurlar orqali ushbu qurilmaga uzatilib, qurilmada dastlab qatlam suvlari va mexanik aralashmalardan tozalash hamda turbodetander agregatlarida gazni past haroratga sovitish bilan gaz tarkibidan gaz kondensati ajratib olinadi va tozalangan gaz esa magistral gaz quvurlariga yetkazib berilishi ta’minlamoqda.

Loyihada zamonaviy energiya tejamkor magnit podshipnikli turbodetander agregatlari qo‘llanilgan bo‘lib, barcha texnologik jarayonlar to‘liq avtomatik tarzda boshqarilishi va nazorat qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.
«Arslon» konidan diametri 530 mm, uzunligi 40 km bo‘lgan tabiiy gazni «Buxoro-Ural» magistral gaz quvuriga uzatish loyihasi doirasida qurilish ishlari olib borilib, 2019 yil dekabr oyida quvur ishga tushirilgan.
Shu bilan birga, joriy yilning yanvar oyida Dasturga muvofiq «Quyi Surgil» konidan tabiiy gaz va kondensat qazib chiqarishni oshirish maqsadida, navbatdagi 14-sonli ishlatish qudug‘ida burg‘ilash ishlari tugatilib, quduqda yangi istiqbolli qatlamlar aniqlandi, ushbu qatlamlarni sinash natijasida kunlik 1,0 mln kub metrga yaqin tabiiy gaz va 20 tonna gaz kondensati mahsulotlarini olishga erishildi.

Qazib chiqarish sur’atini oshirish va o‘rganish ishlarini davom ettirish maqsadida, «Quyi Surgil» konida hozirda navbatdagi 20-sonli ishlatish qudug‘ida burg‘ilash ishlari boshlandi.
Hozirgi kunda Dastur doirasida Ustyurt regionida «Sharqiy Berdaq», «Shimoliy Berdaq», «Quyi Surgil» kabi konlarda 20 ga yaqin gaz quduqlarini burg‘ilash hamda burg‘ilash dastgohlarini montaj ishlari davom etmoqda.
Qazib chiqarilayotgan tabiiy gazni «Sharqiy Berdaq» va «Arslon» gazni kompleks tayyorlash qurilmalariga barqaror uzatilishini ta’minlash maqsadida:
- «Quyi Surgil» va «Arslon» gaz konlaridan «Arslon» kompleksigacha diametri 426 mm, umumiy uzunligi 8,2 km bo‘lgan gaz quvurlarini hamda «Shimoliy Berdaq» konidan burg‘ilashdan ishga tushirilayotgan va mavjud quduqlardan qazib olinayotgan yuqori bosimli gazni «Arslon» va «Sharqiy Berdaq» komplekslariga barqaror uzatishni ta’minlash maqsadida, diametri 325 mm, uzunligi 6,2 km bo‘lgan gaz quvuri;
- «Sharqiy Berdaq» va «Arslon» komplekslaridan gazni «O‘ztransgaz» AJ «Buxoro-Ural» magistral gaz quvuriga uzatish quvurining o‘tkazish quvvatini oshirish maqsadida, diametri 530 mm, uzunligi 17 km bo‘lgan gaz quvurining qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Gaz quvurlarini ishga tushirish bilan yangi ishga tushirilayotgan quduqlardan qazib olinadigan gazni kompleks tayyorlash qurilmalariga barqaror uzatish imkoniyati yaratilib, qo‘shimcha tabiiy gaz qazib chiqarishga erishiladi.
Dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari holati bilan «O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyati tomonidan tuzilgan «Ishchi guruh» a’zolari o‘rganish ishlari olib bormoqda. Shuningdek, Bosh pudratchi «Eriell Oilfield Services Middle East DMCC» kompaniyasi rahbarlari va mas’ul departament boshliqlari bilan loyiha bo‘yicha mavjud muammolar doimiy muhokama qilinib, hamkorlikda ishlab chiqarish uzluksizligi ta’minlanmoqda.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025