Rossiya xalq artisti Andrey Myagkov 83 yoşida vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» Çexov nomidagi Moskva badiiy teatri matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Rossiyadagi eng maşhur aktyorlardan biri Andrey Myagkov 1965 yilda «Tiş şifokoridan ötiş» komediyasidagi tiş şifokori Çesnokov roli bilan kino olamiga kirib kelgan. U rejissyor Eldor Ryazanov bilan uzoq yillik hamkorligi natijasida şuhrat qozondi. Andrey Myagkov «Taqdir hazili yoxud quşdek yengil böling!», «Işdagi işq», «Garaj» va «Şafqatsiz romans» filmlarida suratga tuşgan.

Myagkov asosan komediya yönalişidagi aktyor deb hisoblangan, biroq unda yetarli darajada katta dramatik rollar ham mavjud bölgan - Ivan Pirevning «Aka-uka Karamazovlar» filmidagi Alyoşa, Vladimir Basovning «Turbinlar kuni» kartinasidagi Aleksey Vasileviç, Marlen Xutsiyevning«Söngsöz» filmidagi olim Şvirkov obrazlari.
Köplab filmlardagi ijrosi bilan yaxşi ma'lum bölgan Andrey Myagkov rejissyor va yozuvçi sifatida ham özini sinab körgan va muvaffaqiyatga erişgan.

U 1987 yildan A.P.Çexov nomidagi Moskva badiiy teatrida işlab kelgan.








