Yapon olimlari qarişni töxtatadigan va organizmni yoşartiradigan dorini topişdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Tokio universiteti tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti professori Makoto Nakanisining sözlariga köra, beş-ön yildan söng uşbu doridan foydalaniş boşlanişi mumkin.

Qariş organlarda şamollaş jarayonini paydo qiladigan hujayralar töplanişi bilan boğliq. Ana şunday hujayralardan biri senessent hujayralardir. Aynan ular vaqt ötişi bilan organlarda yiğilib qoladi va qarişga olib keladi.

"Agar uşbu hujayralar olib taşlansa, ular paydo qiladigan şamollaş jarayonlarini töxtatiş mumkin böladi", - dedi olim.

Ma'lum bölişiça, mazkur hujayralar yaşaşi uçun glutaminni glutamin kislotasiga aylantiruvçi GLS1 fermenti kerak. Agarda uşbu fermentni töxtatuvçi ingibitordan foydalanilsa, qarişga olib keluvçi hujayralarni yöqotiş mumkin.

Olimlar bu taxminni tekşirib köriş uçun qari siçqon tanasiga GLS1 fermenti paydo qiladigan saratonning ayrim turlariga qarşi foydalaniladigan dorini kiritişdi. Natijada siçqonning buyrak, jigar va öpkasi faoliyati yaxşilandi, organizmi esa mustahkamlandi.