Bolalar milliy tibbiyot markazida onkologiya va gematologiya bölimi taşkil etildi. Unda gematologik va onkologik kasalliklar bilan oğrigan bolalarga taşxislaş va davolaş xizmatlari bepul körsatiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Bölim rahbari Kamol Iskandarovning ma'lumot berişiça, bölim 20ta öringa ega bölib, hozirda bu yerda 12 nafar bemor davolanmoqda. Yaqin kunlarda koykalar sonini 60taga yetkaziş rejalaştirilgan.

“Bölimdagi barça jarayonlar Janubiy Koreya modeli asosida taşkil etilgan”, dedi Iskandarov.

Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova bolalar onkologiyasi va gematologiyasi tibbiyotning murakkab hamda muhim sohalari ekanini qayd etib ötdi.

“Dunyoda har yili 300 ming nafar bolada onkologik va gematologik xastalik taşxisi aniqlanadi. Ularning uçdan bir qismi, ya'ni 100 mingtasi hayotdan köz yumadi. Butun dunyoda, şu jumladan, Özbekistonda ham bu kasalliklar bolalar vafotiga sabab böliş böyiça ikkinçi örinda (birinçi örinda - jarohatlar) turadi”, dedi vazir örinbosari.

Hozirgaça bolalar onkologiya va gematologiyasi bir-biridan alohida bölgan. Bolalar gematologik kasalliklari Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy markazida, onkologik kasalliklar esa onkologiya dispanserlarida davolab kelingan. Endilikda ular bir soha sifatida milliy tibbiyot markazida, hududlarda esa köp tarmoqli bolalar şifoxonalaridagi bölimlarda davolanadi. Jami 545 nafar bemorga xizmat körsatuvçi örin taşkil qiliş rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, yangi tizim bilan kasallikni erta aniqlaş, oğir bemorlar umr körişi davomiyligini 80 foizga yetkaziş mumkin böladi.