Cog‘liqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Alişer Mirhamidoviç Şaripov Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Alişer Şaripov tibbiyot institutini Özbekistonda tamomlab, aspiranturani I.M.Seçenov nomli 1-Moskva tibbiyot institutida öqigan. Bir neça yil davomida Soğliqni saqlaş vazirligida Fanlar boşqarmasi boş mutaxassisi, söng vazirlikning boş pediatri bölib işlagan. Keyinçalik Vazirlar Mahkamasining Muruvvat yordami böyiça komissiyasining muvofiqlaştiruvçi guruhi rahbari bölgan. 

Öz iş faoliyati bilan parallel ravişda Soğliqni saqlaş vazirligining Koreya Respublikasi Soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya vazirligi bilan aloqalar böyiça guruh koordinatori sifatida ham işlagan.

Tibbiyot fanlari doktori Alişer Şaripov tayinlovgaça köp yillar davomida Toşkent pediatriya tibbiyot instituti şoşilinç pediatriya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

  • Ma'lumot uçun: Bolalar milliy tibbiyot markazi Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi hamkorlik namunasi sifatida, tibbiyot va ilm-fanning eng sönggi yutuqlari asosida qurilgan bölib, ötgan yili foydalanişga topşirilgan. Qiymati 130 million dollardan ziyod bölgan mazkur tibbiyot markazi Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlaniş va hamkorlik fondi (EDCF) iştirokida barpo etilgan. Bu yerda kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, ortopediya va plastik xirurgiya, umumiy xirurgiya, onkologiya, oftalmologiya, LOR, pediatriya, gemodializ va reanimatsiya bölimlari faoliyati yölga qöyilgan. Markazda faoliyat yuritiş uçun 100 nafardan ortiq şifokor va hamşiralar, medtexnik va axborot texnologiyalari böyiça mutaxassislar Koreya Respublikasining yetakçi klinikalarida malaka oşirib qaytişgan.