Özbekistonda onkologik kasalliklarda bolalar ölimiga asosan xastalikning erta taşxislanmasligi, molekulyar darajadagi diagnostikaning mavjud emasligi sabab bölib kelmoqda.

Bu haqda Bolalar milliy tibbiyot markazi gematologiya va onkologiya bölimi mudiri Kamol Iskandarov Kun.uz’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Onkologik kasalliklarda bolalar ölimining sababi kasallikning 3-, 4-bosqiçlarda aniqlanişidir. Bizda molekulyar tsitogenetik darajada taşxislaş hozirgaça yölga qöyilmagan. Çunki xalqaro protokollar asosida davolaş hali taşkil qilinmagan.

Bu protokollar asosida iş taşkil qilinişi uçun esa bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yagona bölimda davolanişi kerakligi haqida talab mavjud. Bunday bölimda barça narsalar aynan bolalarga möljallangan böladi. Mazkur struktura endi Bolalar milliy tibbiyot markazida yölga qöyildi, ya'ni bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bir sohaga aylantirildi”, dedi Kamol Iskandarov.

Bölim mudirining bildirişiça, rivojlanayotgan va rivojlanmagan davlatlarda onkologik kasalliklardan ölim körsatkiçi 20 foiz deb körsatiladi.